×

Xitoy: barch bosqichlar uchun toʻliq va qisman grantlar; stipendiya – 503 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2359 marta

Xitoyning Xarbin shahrida joylashgan Harbin Engineering University 2019-2020-yillar uchun 2019 HEU Scholarship Programga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi universitetning bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun moʻljallangan. Grant universitetga yuqori salohiyatli yoshlar, magistr va doktorantlarni jalb etish, taʼlim sifatini koʻtarish uchun tashkil etilgan. Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish puli va yashash xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplanadi, oylik stipendiya ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Harbin Engineering University bakalavriat kurslarida bir yilga taxminan 2,384 dan 2,533 AQSh dollarigacha, magistratura 4,023 dan 4,917 AQSh dollarigacha, doktoranturada esa bir yil uchun taxminan 5,215 dan 6,258 AQSh dollarigacha kontrakt toʻlab oʻqiydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Barcha xarajatlari qoplanadigan grant: Oʻqish puli va yashash xarajatlari toʻliq qoplanadi (Har oyda magistrlarga 3000 yuan (taxminan 431 AQSH dollari), doktorantlarga 3500 yuan (taxminan 503 AQSh dollari) stipendiya ajratiladi).
  2. Birinchi mukofot: oʻqish puli toʻliq
  3. Ikkinchi mukofot: oʻqish pulining 50% qismi qoplanadi.

Universitetda oʻqitiladigan yoʻnalishlarda taʼlim asosan xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod Xitoy fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod aqliy va jismoniy sogʻlom boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Xitoy xalqi va madaniyatini hurmat qilishi kerak.
  4. Nomzod XXR qonunlari va universitet ichki tartib-qoidalariga boʻysunishi kerak.
  5. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-martga qadar qabul qilinadi. Grant va oʻqishga kirish uchun bir marta quyida koʻrsatilgan hujjatlar topshirishning oʻzi yetarli.

Nomzodlar ushbu hujjatlarni ikki nusxada toʻgʻri va toʻliq toʻldirib, taqdim etishlari kerak.

Hujjatlar tarkibi:

Bakalavriat

  1. Roʻyxatdan oʻtib ariza toʻldirish. Ariza toʻldirish uchun onlayn-ilova tizimiga Ariza shaklini toʻldiring, joʻnating va qogʻoz shaklini chop eting.
  2. Attestat/diplom va uning ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Xitoy tili sertifikati HSK 4 nusxasi topshiriladi.
  4. Motivatsion xat.
  5. Pasport kopiyasi.
  6. Roʻyxatdan oʻtish badali: 400 yuan (60 AQSH dollar) toʻlanadi. Badal qaytarilmaydi.
  7. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasi (xitoy yoki ingliz tilida). Bu hujjat 6 oygacha yaroqli hisoblanadi.

Magistratura

  1. Roʻyxatdan oʻtib ariza toʻldirish. Ariza toʻldirish uchun onlayn-ilova tizimiga Ariza shaklini toʻldiring, joʻnating va qogʻoz shaklini chop eting.
  2. Bakalavr/magistr diploma va ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Agar ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan ishlayotganligingiz haqidagi maʼlumotnoma topshiriladi.
  4. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi. Kamida 1500 ta soʻzdan iborat boʻlishi va xitoy yoki ingliz tilida yozilishi kerak.
  5. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma.
  6. Pasport nusxasi.
  7. Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika
  8. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasi (xitoy yoki ingliz tilida). Maʼlumotnoma 6 oygacha amal qiladi.
  9. Xitoy tili sertifikati HSK 4 nusxasi topshiriladi.
  10. Roʻyxatdan oʻtish badali: 400 yuan (60 AQSH dollar) toʻlanadi. Badal qaytarilmaydi.

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim. Hujjatlarni notarial tasdiqlatish kerak.

Hujjatlarni 2019-yil 31-maygacha quyidagi manzilga joʻnating:

Ms. YIN Hua(Rebekka)

International Office, Harbin Engineering University

Room 714, No. 1 Building, NO.145-1, Nantong Street, Nangang District, Harbin, Heilongjiang Province, 150001, China

Tel:  0086 451 82568218, 82568266

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Barcha xarajatlar qoplanadigan grant uchun 100 dan 85 ball.
  2. Birinchi mukofot uchun 100 dan 80 ball.
  3. Ikkinchi mukofot uchun 100 dan 75 ball toʻplash kerak.
  4. Akademik koʻrsatkichlari juda yuqori, sport, madaniyat, sanʼat sohasida yutuqlarga erishgan nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.
  5. Yirik tadbirlar va ijtimoiy faoliyatda oʻzini koʻrsatgan talabalarga koʻproq imkon beriladi.
  6. Tegishli xalqaro nashrlarda maqolalar chop ettirgan talabalarga ham koʻproq imkoniyat beriladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursat ichida xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil: International Students Section,

International Office, Harbin Engineering University

Room 714, NO.145-1, Nantong Street, Nangang District, Harbin,

Heilongjiang Province, China

Telefon: 0086-451-82568266, 82568218

Faks: 0086-451-82530010

E-mail: heufao@hrbeu.edu.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!