×

Xitoy: Barcha bosqichlar uchun toʻliq va qisman grantlar; oylik stipendiya – 500 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

15.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4119 marta

Xitoyda joylashgan Beijing Fan va Texnologiya Universiteti 2021-yil uchun bir nechta stipendiyali grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr hamda magistratura va doktorantura kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun moʻljallangan. Grantda maqsad Xitoyda oʻqish istagidagi chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Universitetda oʻqitiladigan kurslar haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

  1. Chinese Government Scholarship. Magistraturaga oʻqishga kirgan 35 yoshacha boʻlgan va doktoranturaga kirgan 40 yoshgacha a’lochi talabalarga beriladi. Hujjat topshirish 2020-yil 15-dekabrdan 2021-yil 15-aprelgacha. Grant oʻqish pulini toʻliq qoplaydi, bepul turar joy va 3500 RMB (taxminan 500 USD)gacha stipendiya bilan ta’minlaydi.
  2. USTB Chancellor Scholarship. Hujjat topshirish 2020-yil 1-dekabrdan 2021-yil 15-aprelgacha. Grant oʻqish pulini toʻliq qoplaydi, bepul turar joy va 3500 RMB (taxminan 500 USD)gacha stipendiya bilan ta’minlaydi.
  3. Beijing Government Scholarship. Hujjatlar, odatsa, har yili 1-martdan 30-maygacha qabul qilinadi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi va:
  • bakalavriat uchun yiliga 20 000 RMB (taxminan 2 823 USD)
  • magistratura – 30 000 RMB (taxminan 4235 USD )
  • doktorantura – 40 000 RMB (taxminan 5647 USD)
  • til oʻrganish kurslari uchun – 10 000 RMB (taxminan 1 411 USD) pul mablagʻi ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Xitoylik boʻlmagan, ruyiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
  2. Nomzod a’lochi boʻlishi va avval Xitoyda oʻqimagan boʻlishi kerak.
  3. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Doktorantura nomzodi esa 40 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  5. Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, kursga hujjat topshirish kifoya. Bakalavr va magistratura, doktorantura kurslariga hujjatlar onlayn tarzda dedlaynga qadar shu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Ariza toʻlovi (600 RMB – taxminan 87 USD)ni toʻlaganlikni koʻrsatuvchi hujjat.
  3. Nomzodning diplomlari va ularning ilovalari. Har bir hujjat bitta original va bitta nusxa koʻrinishida (ya’ni ikkita nusxada) topshirilishi kerak.
  4. Shaxsiy bayonot (personal statement) – bakalavr bosqichiga hujjat topshirayotganlar uchun bu bayonotning hajmi 800 soʻz atrofida, magistraturaga hujjat topshirayotganlar uchun 800 soʻzdan ortiq boʻlishi va doktoranturaga hujjat topshirayotganlar esa 1500 soʻzdan ortiq boʻlishi kerak.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Til testi (IELTS, TOEFL, HSK) nusxasi.
  7. Passport nusxasi.
  8. Tibbiy ma’lumotnoma.
  9. Nomzod ilmiy rahbardan qabul qilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma (acceptance letter from supervisor) yoki oʻz ishlari, ilmiy maqolari va nashrlaridan namunalarni ixtiyoriy tarzda taqdim etishi mumkin.

Ma’lumot uchun:

Bakalavr bosqichiga oid masalalar boʻyicha: admission@ustb.edu.cn, magistratura va doktoranturaga od masalalar boʻyicha: davidliu@ustb.edu.cnga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!