×

Xitoy: barcha bosqichlarda o’qish uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4605 marta

Xitoyda joylashgan Chongqing University of Posts and Technology (CQUPT) oliygohida o’qish uchun Ching Qong Municipal Government Mayor Scholarships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetning bakalavr va undan keyingi bosqichlariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad talabani moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish.

CQUPT’da o’qitiladigan barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va undan keyingi bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kursning davomiyligidan kelib chiqib, grantlar bakalavriat uchun 4 yilgacha, keyingi bosqichlar uchun 3 yilgacha berilishi mumkin. Grant miqdori quyidagicha:

  1. Bakalavr bosqichi talabasi uchun yiliga 25000 RMB (taxminan 3687 AQSh dollari);
  2. Magistratura bosqichi talabasi uchun yiliga 30000 RMB (taxminan 4425 AQSh dollari);
  3. Doktorantura bosqichi talabasi uchun yiliga 35000 RMB (taxminan 5163 AQSh dollari).

Grantlar talabaga stipendiya ko’rinishida beriladi, shuning uchun talaba avvaliga o’qish kontrakt va boshqa to’lovlarni to’lashi kerak, keyin grant sifatida berilgan mablag’ni ola boshlaydi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Bakalavr bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzod yuqori maktab(kollej, litsey) diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi, yoshi 25 dan oshmagan bo’lishi kerak.
  3. Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari yaxshi yoki alo bo’lishi, yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi kerak.
  4. Doktorantura kursiga hujjat topshirayotgan nomzod magistratra diplomiga ega bo’lishi, baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi va yoshi 40 dan oshmagan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz yoki xitoy tilini yaxshi bilishi (kamida B2 darajasida) kerak.
  6. Nomzodning salomatligi yaxshi holda bo’lishi zarur.
  7. Nomzod Xitoy hukumati tomonidan ajratilgan boshqa biror grant dasturidan moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar:

  1. O’qishga ariza (bu yerda ro’yxatdan o’tgach olish mumkin).
  2. Grantga ariza.
  3. Eng oxirgi diplom va baholari.
  4. Til bilish sertifikati.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. O’qish rejasi yoki tadqiqot rejasi (kamida 800 so’z).
  7. 2 ta passport hajmdagi fotosurat.
  8. Passport nusxasi.
  9. “Foreigner Physical Examination Form”
  10. Nashrlar ro’yxati.

Grant va kursga hujjatlar bitta to’plamda topshiriladi. Hujjat topshirish uchun yuqoridagi hujjatlarni 2019-yil 15-apreldan kechiktirmasdan quyidagi manzilga pochta orqali jo’nating:

International office, Chongqing University of Posts and Telecommunications, No2. Chongwen Road, Nan’an district, Chongqing, China, 400065 (Tel: 0086-23-62487785)

Ma’lumot uchun admission@cqupt.edu.cn elektron manzili yoki (86-23)-62487785 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!