×

Shanxay: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun 2 oylik stajirovka dasturi; bepul turar joy va oziq-ovqat; oylik 436 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

29.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2953 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan Story Tribe tashkiloti 18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilarini Summer English Teacher @Shanghai stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan Story Tribe tashkilotida oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar 3-10 yoshli bolalarga ingliz tilidan dars berishlari kutilmoqda. Dastur bir yilgacha muddat davom etishi mumkin. Dastur 2019-yil 1-iyuldan 2020-yil 29-avgust oraligʻida 2 oy (8 hafta) davom etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Assist kids to understand English books.
  • Design and assist kids to have handcraft lessons in an English environment.
  • Teach students to learn English story.
  • Assist other colleagues to make props which may be used in classes.

Grant kimlar uchun?

18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 2 oy (8 hafta) muddat davomida bepul turar joy ajratiladi hamda 1 mahal oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Nomzodga oylik 3 000 CNY (taxminan 436 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Language Teaching koʻnikmasiga ega boʻlishi va kompyuterda ishlay olishi shart.
  • Nomzod yosh bolalar blan ishlay olishi, monitoring yurishi, ota-onalar bilan muloqot qilishi hamda dars berishi kerak boʻladi.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-iyungacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol berilgan. Savolga javob bering va “Apply”ni bosing.

Eslatma:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning SISUdagi vakilidan shi@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; elva.shi@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!