×

Xitoy: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun bir yilgacha stajirovka dasturi; bepul turar joy va oziq-ovqat; oylik 868 AQSh dollar stipendiya; joy – 14 ta!


Grant

MUHLAT

21.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4321 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti ingliz tili oʻqituvchilarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur bir yilgacha davomida Xitoyning Pekin, Tyanchjin kabi shaharlarida joylashgan «Huaxia Chuanqi Travel Consulting Co. LTD»da oʻqituvchi va oʻqituvchi yordamchisi (assistent) boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar ingliz tilidan dars beradilar.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga bir yilgacha muddat davomida bepul turar joy ajratiladi hamda 3 mahal oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Nomzodga oylik 6 000 RMB (taxminan 868 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod kamida bakalavr darajasi egasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod kompyuterda ishlay olishi zarur.
  • Nomzod yosh bolalar blan ishlay olishi, monitoring yurishi, ota-onalar bilan muloqot qilishi hamda dars berishi kerak boʻladi.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 21-iyulgacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!