×

Xitoy: Magistratura bosqichi uchun toʻliq grant; bepul yotoqxona beriladi!


Grant

MUHLAT

20.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1877 marta

Xitoyda joylashgan Yanshan University  2020-yilgi magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchi talabalarga Yanshan University Scholarship Program for International Students Master‘s Degree Programgrant dasturini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Yanshan University’da oʻqitiladigan magistratura kurslari uchun ajratilgan boʻlib, grantlar First Class Scholarship (Birinchi darajali grant) yoki Second Class Scholarship (Ikkinchi darajali grant) tariqasida taqdim etiladi. Nomzodning  grant talablariga munosibligiga qarab mukofot darajasi hujjatlar oʻrganilish jarayonida aniqlanadi. Grant dasturidan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

First Class Scholarship:

  1. Grantni qoʻlga kiritgan talabalar toʻlov kontraktidan ozod etiladi.
  2. Bepul turar-joy bilan ta’minlanadilar.
  3. Registration fee (roʻyxatdan oʻtish toʻlovi) universitet tomonidan bekor qilinadi.

Second Class Scholarship:

  1. Grantni qoʻlga kiritgan talabalar toʻlov kontrakti qoplab beriladi.
  2. Registration fee (roʻyhatdan oʻtish toʻlovi) dan ozod etiladilar.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Xitoy davlati fuqarosi boʻlmasligi lozim.
  2. Nomzodning sog’lig’ida jiddiy muammolari boʻlmasligi lozim.
  3. Nomzod bakalavr darajasini tugallagan boʻlishi talab etiladi.
  4. Nomzod Yanshan University magistratura bosqichi qabul talablariga toʻliq javob berishi kerak. Kursga ariza bergan nomzod, munosib topilsa, kursga qabul qilinishi bilan unga grant beriladi. Magistratura bosqichi qabul talablari bilan shu yerda toʻliq ma’lumot olishingiz mumkin.
  5. Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodning yoshi 35 dan oshmagan boʻlishi lozim.
  6. Nomzodlar Chinese Government Scholarship, Confucius Institute Scholarship kabi kabi boshqa grantlarni yutib olmagan boʻlishi zarur.
  7. Universitetning koʻpgina kurslari Xitoy tilida boʻlganligi sababli , nomzodlar HSK (Xitoy tili bilim darajasini tekshiruvchi test) yoki ingliz tili bilim darajasini belgilovchi IELTS 6,5, TOEFL 85 sertifikatlaridan birini  topshirishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Scholarship Program for International Students grant dasturiga hujjat topshirish uchun zaruriy hujjatlar jamlanib pochta orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi lozim. Magistratura kurslariga ham, grantga ham airzalar 2020-yil 20-maygacha qabul qilinadi. Xorijlik talabalar roʻyxat oʻtishi haqida toʻliq ma’lumot bilan shu yerda tanshib chiqshingiz mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Yanshan University Scholarship Program for International Students dasturiga yozilgan ariza.
  • Passport nusxasi.
  • Yanshan Universiteti magistratura kursiga qabul uchun topshirilgan ariza.
  • Diplom nusxasi yoki oʻqish joyidan rasmiy ma’lumotnoma, baholar roʻyxati.
  • CV/resume.
  • Xorijiy talabalar uchun tibbiy ma’lumotnoma.
  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement).
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Muddati oʻtmagan HSK yoki IELTS 6,5, TOEFL 85 sertifikatlaridan nusxalar.

Barcha hujjatlar biriktirlgan holatda quyidagi manzilga pochta orqali  joʻnatilishi lozim:

College of International Exchange, Yanshan University 438 Hebei Street, Qinhuangdao,   Hebei Province, P.R. China. 066004

Ma’lumot uchun: study@ysu.edu.cn  elektron manzili yoki  86-335-8047570, 86-335-8053537 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!