×

Xitoy: Magistratura bosqichi uchun to’liq grant, oylik stipendiya va turar joy ta’minoti


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

388 marta

Xitoyning Pekin shahrida joylashgan Yenching Academy of Peking University oliygohi magistraturada bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Yenching Academy of Peking University oliygohida o’qitiladigan barcha magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • To’lov kontraktidan ozod etiladi
  • Oylik stipendiya
  • Turarjoy ta’minoti
  • Bir martalik aviachipta
  • O’quv xarajatlari uchun qo’shimcha moliyaviy yordam

Yenching Academy of Peking University oliygohi magistratura bosqichining istalgan yo’nalishiga qabul qilingan talabalar avtomatik ravishda grant sohibiga aylanadilar.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Yenching Academy of Peking University oliygohi magistratura bosqichi qabul talablariga javob berishi, ya’ni ushbu bosqich talabasiga aylanishi lozim. Academy of Peking Universityoliygohi magistratura qabul talablari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Bakalavr diplomini 2021-yilning 31-avgustiga qadar qo’lga kiritgan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7 ball (har bir bo’limi 6 ballda kam bo’lmasligi lozim), TOEFL IBT 100 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Yenching Academy of Peking University oliygohi grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: Yenching Academy of Peking University oliygohi qabul talablariga mos ekanligingizni tekshiring

2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik rezyume (yoki CV);
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati;
  • Taqdirlangan sertifikatlar;
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).

Eslatma: Bakalavr bosqichini ta’lim tili ingliz tili bo’lgan oliygohda tahsil olgan nomzodlardan til sertifikati talab etilmaydi.

  • Pasport nusxasi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

3-bosqich: Onlayn ro’yxatdan o’tish. Yenching Academy of Peking University grant dasturi uchun alohida ro’yhatdan o’tish shart emas, magistratura bosqichi online qabul bo’limidan ro’yxatdan o’tishning o’zi yetarli.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi. Joriy yilning yoz oylarida 2021- o’quv yili uchun hujjat topshirishingiz mumkin.

Ko’p so’raladigan savollar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Hozirda mazkur stipendiyaning navbatdagi dasturiga hujjatlar qabul qilimayapti. Qabul boshlanishi hamda qachongacha davom etishi joriy yilning yoz oyi tugagunicha akademiyaning rasmi saytida eʼlon qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun ycaalumni@pku.edu.cn  elektron manziliga yoki 010-62768302 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!