×

Xitoy: Magistratura va qisqa muddatli kurslar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan grant; bepul turar joy va oylik stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

20.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3754 marta

Xitoyning Hangzhou provinsiyasida joylashgan Zhejiang University 2019-2020-yillar uchun Confucius Institute Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi besh oydan ikki yilga moʻljallangan. Grant universitetga xitoy tilini oʻrganishni istagan nomzodlarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

Grant universitetning ikki yillik magistraturasiga, shuningdek, bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda oylik stipendiya beriladi.
  4. Tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Xitoylik boʻlmagan, ruyiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
  2. Barcha nomzodlar 2019-yil 1-sentabr holatiga 16 yoshdan katta va 35 yoshdan kichik boʻlishi lozim.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  5. Bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslariga oʻqishga kirgan talabalar ariza bera oladi.
  6. Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.
  7. Nomzod MTCSOL (Master’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages) kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  8. Nomzod xitoy tilini yaxshi bilishi lozim. Bir yillik kurslar uchun kamida HSK 180 (Level 3), HSKK (Beginner) 40 ball; MTCSOL (magistratura) uchun kamida HSK (Level 5) 210 ball, HSKK (Intermediate) 60 ball boʻlishi talab qilinadi.
  9. 45 yoshgacha boʻlgan, hozirda xitoy tilidan dars berayotgan nomzodlar ariza bera oladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Buning uchun universitetning bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslariga yoki MTCSOL (Master’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages) kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza beriladi. Universitetga qabul va grant olish uchun dedlayn 2020-yil martda boshlanadigan kurslar uchun 2019-yil 20-noyabrgacha.

Universitetga oʻqishga va Confucius Institute Scholarships stipendiya dasturi uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Oʻqishga kirish onlayn-arizani: shu yerda toʻldiring.
  • Grantga arizani  shu yerda toʻldiring.
  • Arizalarni ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga joʻnating.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo yoki savol tugʻilsa, quyidagi manzillarga murojaat qiling:

Confucius Institute Office at Zhejiang University

Pochta manzili:

Room 3504, International College Building, Yuquan Campus, Zhejiang University, Hangzhou,China

Pochta indeksi: 310027

Telefon:   +86 571 87953089

Email: xlliu@zju.edu.cn (MTCSOL dasturi uchun); li_yifan@zju.edu.cn (bir semestrlik va bir yillik dasturlari uchun)

Hanbandagi test va grant ofisi:

Email: scholarships@hanban.org

Faks: +86-10-58595727

Confucius Institute Scholarship Web-sayti: http://cis.chinese.cn

HSK va HSKK Web-sayti: http://www.chinesetest.cn

Hujjatlar tarkibi (taxminan):

  1. Application Form for Admission to Zhejiang University va Confucius Institute Scholarship Application Form.
  2. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Diplom ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Pasport fotonusxasi.
  5. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi (magistratura uchun) 1600 ta soʻzgacha hajmda boʻlishi lozim.
  6. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Hujjatda tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari yoziladi (magistratura uchun).
  7. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida). Ma’lumotnoma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi.
  8. HSK/HSKK sertifikatlari.
  9. Ingliz tili IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi.
  10. CV/resume.
  11. Magistratura uchun nashr ishlari roʻyxati soʻralishi mumkin.
  12. Talabani qabul qilayotgan boʻlim professoridan Provisional Acceptance of International Student (Agar mavjud boʻlsa).

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim.

Tanlangan bosqich va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qiladi. Buni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, qoʻshimcha hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademk yutuqlari, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Confucius Institute Office at Zhejiang University

Pochta manzili:

Room 3504, International College Building, Yuquan Campus, Zhejiang University, Hangzhou,China

Pochta indeksi: 310027

Telefon:   +86 571 87953089

Email: xlliu@zju.edu.cn (MTCSOL dasturi uchun); li_yifan@zju.edu.cn (bir semestrlik va bir yillik dasturlari uchun)

Hanbandagi test va grant ofisi:

Email: scholarships@hanban.org

Faks: +86-10-58595727

Confucius Institute Scholarship Web-sayti: http://cis.chinese.cn

HSK va HSKK Web-sayti: http://www.chinesetest.cn.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!