×

Xitoy: magistratura va doktorantura uchun qisman grantlar; stipendiya – 504 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

12.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

884 marta

Xitoyning Nanjing shahrida joylashgan Institute for International Students, Nanjing Universiteti chet ellik talabalarga Chinese Government Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar shu universitetda oʻqitiladigan magistratura va PhD kurslari uchun beriladi. Oliygohdagi magistratura kurslari 2-3 yil, PhD esa 4 yilgacha davom etadi. Grant ajratiladigan yoʻnalishlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin. Grantning maqsadi millatlararo doʻstlikni rivojlantirish, Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlari oʻrtasida ta’lim, texnologiya, madaniyat va iqtisodiy sohalarda aloqa va hamkorlikni rivojlantirishdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblariga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Oliygohda bepul tahsil olish.
  2. Oylik stipendiya: magistratura uchun 3 000 RMB (tahminan 432 AQSh dollari), PhD uchun 3 500 RMB (taxminan 504 AQSh dollari).
  3. Tibbiy sugʻurta.
  4. Universitet yotoqxonasidan turar joy.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod xitoylik boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod jismonan va aqlan sogʻlom boʻlishi kerak.
  3. Nomzodning yoshi magistratura uchun 35 dan va PhD uchun 40 dan kichik boʻlishi kerak.
  4. Nomzod tegishli yoʻnalishda bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak (magistratura uchun).
  5. Nomzod tegishli yoʻnalishda magistrlik diplomiga ega boʻlishi kerak (PhD uchun).
  6. Diplom va baholar ingliz yoki xitoy tilidagi tarjimalari bilan taqdim etilishi kerak.
  7. Oʻqishini hali tugatmagan nomzodlar 2020-yilning iyul oyigacha diplomlarini taqdim etish sharti bilan hujjat topshirishlari mumkin.
  8. Nomzod oliygohda kunduzgi tartibda (full time) oʻqishi kerak (masofaviy taʻlim, oʻqushni boshqa oliygohga koʻchirishga ruxsat etilmaydi).
  9. Nomzod boshqa dastur boʻyicha stipendiya olmasligi kerak.
  10. Nomzod ingliz yoki xitoy tilini bilishi kerak (ta’lim tiliga qarab). Ingliz tilida oʻqishni xohlovchilardan IELTS 6.5 va undan baland boʻlishi kerak. Xitoy tilini asosiy oʻqitish tili deb tanlagan nomzodlardan esa New HSK 4 va undan baland ball talab etiladi (baʼzi yoʻnalishlarda New HSK 5 va undan baland).

Qabul talablari va grant shartlari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar ikkita onlayn ariza topshirishlari kerak: biri CSC veb-saytida, ikkinchisi NJU`ning China International Student Service System tizimida. Shundan soʻng kerakli hujjatlar oliygohga pochta orqali yuboriladi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Roʻyxatdan oʻting va CSC veb-saytida onlayn arizani toʻldiring (http://studyinchina.csc.edu.cn/). Ariza toʻldirgandan soʻng (Agentlik raqami uchun «10284» ni toʻldiring; dastur turi uchun «B» belgisini tanlang), «yuborish» tugmachasini bosing va tayyor arizani chop eting.
  2. NJU`ning China International Student Service System tizimida roʻyxatdan oʻting va ariza topshiring (http://istudy.nju.edu.cn/). Onlayn ariza toʻldirgandan soʻng (dastur turi uchun «CSC Scholarship»ni tanlang), «yuborish» tugmachasini bosing, tayyor arizni chop eting va imzolang.
  3. Nanjing University stipendiya koordinatoriga quyidagi hujjatlarning qogʻoz nusxasini 12-may, 2020 yilgacha quyidagi manzilga yuboring:

 Institute for International Students

  1. 514 Zeng Xianzi Building,

 18 Jinyin Street, Nanjing 210008, China

Kerakli hujjatlar:

  1. Grant uchun ariza shakli (chop etilgani).
  2. Universitet uchun ariza (chop etilgan, imzolangani).
  3. Oxirgi bosqich diplom nusxasi (2 ta, notarial tasdiqlangan).
  4. Diplom ilovasi musxasi (2 ta, notarial tasdiqlangan).
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. New HSK yoki IELTS/TOEFL sertifikati (ta’lim tiliga qarab).
  7. Tadqiqot rejasi.
  8. Professional yoki ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar roʻyxati va tezislar (3 nusxadan koʻp boʻlmagan).
  9. Tibbiy tekshiruvi natijalari (南京大学外国人体格检查记录.doc);
  10. Passport nusxasi.
  11. Magistraturada yozilgan dissertatsiya abstrakti (PhD uchun).

Barcha hujjatlar ingliz/hitoy tilida boʻlishi kerak. Bu tilda boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan yuborilishi kerak.

Murojaat uchun:

 Tel. +86-25-83593586;

 Fax: +86-25-83316747

 Email: zqr@nju.edu.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!