Xitoyning Xitoy milliy tibbiyoti bo’yicha Changchung universiteti (Changchun University of Traditional Chinese Medicine) magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab uvvatlash.
Ta’lim tili: Nomzod ingliz tilida yoki xitoy tilida o’qishi mumkin. O’qiladigan tilni nomzodning o’zi tanlaydi. Xitoy tilini tanlagan, lekin xitoy tilini bilish darajasi darslarni o’zlashtirish uchun yetarli bo’lmagan nomzodlar uchun 1 yillik xitoy tili o’rganish dasturi tashkil etiladi va bu kurs puli ham to’lab beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalarga kontrakt puli to’liq qoplab beriladi.
Talablar:
- Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi va sog’lom bo’lishi lozim.
- Magistraturaga topshirmoqchi bo’lganlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi hamda 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
- PhD bosqichiga topshirmoqchi bo’lganlar magistrlik diplomiga ega bo’lishi hamda 40 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
- Ingliz tilida o’qishga topshirayotganlar HSK (xitoy tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat) topshirishi shart emas.
- Bakalavr (magistrlik) bosqichidagi o’zlashtirishi imkon qadar yuqori bo’lishi tavsiya etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Topshirishi lozim bo’lgan hujjatlar quyidagilardan iborat:
- Belgilangan tarzdagi ariza;
- Diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi.
- Bakalavriat/magistrlik bosqichi davridagi baholar ro’yxati.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Ingliz yoki/va xitoy tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS – minimal 6, TOEFL, GRE yoki HSK-4).
- O’quv rejasi (Study Plan).
- Tadqiqot ishlari (diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi va hk) ning notarial tasdiqlangan nusxasi.
- Pasport nusxasi.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
Nomzodlar dastlab ariza va kerakli hujjatlarni onlayn tarzda topshiradi, keyin esa ikki nusxda unicersitetga pochta orqali yuborishi lozim.
Yuboriladigan pochta manzili:
Consignee: ZhangLu, LIU Fangtong
International College of Changchun University of Chinese Medicine
Address: No.1035 BoShuoRord, ChangChun, JiLin, China.
Zip code: 130117
Xitoy tilida:
收件人:长春中医药大学国际教育学院刘芳彤
地址:中国吉林省长春市净月经济开发区博硕路1035号
邮政编码:130117
Grant e'lon qilgan tashkilot:
Changchun University of Traditional Chinese MedicineQo’shimcha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlar orqali bog’lanishingiz mumkin:
Tel: +86-431-86045418
Email: iec@ccucm.edu.cn
Website: http://iec.ccucm.edu.cn/index.htm