×

Xitoy: Magistratura bosqichi uchun to’liq grantlar va bepul yotoqxona!


Grant

MUHLAT

20.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3982 marta

Xitoyda joylashgan Yanshan University oliygohi Scholarship Program for International Students dasturi orqali 2019-yilgi magistratura bosqichlarida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Yanshan University’da o’qitiladigan magistratura kurslari uchun ajratilgan bo’lib, grantlar First Class Scholarship (Birinchi darajali grant) yoki Second Class Scholarship (Ikkinchi darajali grant) tariqasida taqdim etiladi. Nomzodning  grant talablariga munosibligiga qarab mukofot darajasi hujjatlar o’rganilish jarayonida aniqlanadi. Grant dasturidan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

First Class Scholarship grantini qo’lga kiritgan talabalar to’lov kontraktidan ozod etilishi bilan bir qatorda tekin yotoqxonada tekin turar-joy bilan ta’minlanadilar. Registration fee (ro’yxatdan o’tish to’lovi) universitet tomonidan bekor qilinadi.

Second Class Scholarship grantini qo’lga kiritgan talabalar to’lov kontraktidan hamda Registration fee (ro’yhatdan o’tish to’lovi) dan ozod etiladilar.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Xitoy davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzodning sog’lig’ida jiddiy muammolari bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod bakalavr darajasini tugallagan bo’lishi talab etiladi.
  • Nomzod Yanshan University magistratura bosqichi qabul talablariga to’liq javob berishi kerak. Kursga ariza bergan nomzod, munosib topilsa, kursga qabul qilinishi bilan unga grant beriladi. Magistratura bosqichi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodning yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Nomzodlar Chinese Government Scholarship, Confucius Institute Scholarship kabi kabi boshqa grantlarni yutib olmagan bo’lishi zarur.
  • Universitetning ko’pgina kurslari Xitoy tilida bo’lganligi sababli , nomzodlar HSK (Xitoy tili bilim darajasini tekshiruvchi test) yoki ingliz tili bilim darajasini belgilovchi IELTS 6.5, TOEFL 85 sertifikatlaridan birini  topshirishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Scholarship Program for International Students grant dasturiga hujjat topshirish uchun zaruriy hujjatlar jamlanib pochta orqali ko’rsatilgan manzilga yuborilishi lozim. Magistratura kurslariga ham, grantga ham airzalar 2019-yil 20-maygacha qabul qilinadi. Xorijlik talabalar ro’yxat o’tishi haqida to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanshib chiqshingiz mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Yanshan UniversityScholarship Program for International Students dasturiga yozilgan ariza;
  • Passport nusxasi;
  • Yanshan Universiteti magistratura kursiga qabul uchun topshirilgan ariza;
  • Diplom nusxasi yoki o’qish joyidan rasmiy ma’lumotnoma, baholar ro’yxati;
  • CМ;
  • Xorijiy talabalar uchun tibbiy ma’lumotnoma;
  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement);
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Muddati o’tmagan HSK yoki IELTS 6.5, TOEFL 85 sertifikatlaridan nusxalar.

Barcha hujjatlar biriktirlgan holatda quyidagi manzilga pochta orqali  jo’natilishi lozim:

College of International Exchange, Yanshan University 438 Hebei Street, Qinhuangdao,   Hebei Province, P.R. China. 066004

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun study@ysu.edu.cn  elektron manzili yoki  86-335-8047570, 86-335-8053537 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!