×

Xitoy: Qingdao universitetining hukumat granti dasturi


Grant

MUHLAT

01.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4759 marta

China University of Petroleum Qingdao hukumat granti uchun arizalar qabul qilmoqda. China University of Qingdao Xitoydagi universitet tizimi bo’lib, u Qingdao, Dongying va Pekin shaharlarida joylashgan. Dastur maqsadi – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Nomzod universitetda mavjud bo’lgan saohalardan istalgan biriga hujjat topshirishi mumkin:

  • Bakalavriat bosqichi sohalari bilan SHU YERDA tanishing.
  • Magistratura bosqichi sohalari bilan SHU YERDA tanishing.
  • Doktorantura bosqichi sohalari bilan SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura, doktorantura kurslarida va ilmiy darajaga aloqador bo’lmagan boshqa kurslarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  1. Uzoq muddatli, ilmiy daraja olishga aloqador bo’lmagan kurslar uchun grant taqdim etilgan talabaga umumiy miqdori 10000 RMB (taxminan 1560 AQSh dollari) miqdoridagi pul mablag’i ajratiladi.
  2. Bakalavriat bosqichida o’qish uchun qisman grant taqdim etilgan talabaga umumiy miqdori 20000 RMB (taxminan 3127 AQSh dollari) miqdoridagi grant ajratiladi va ikki yil davomida teng bo’lib to’lab beriladi.
  3. Magistratura va doktorantura bosqichida o’qish uchun qisman grant ajratilgan talabaga umumiy miqdori 30000 RMB (taxminan 4700 AQSh dollari) miqdoridagi stipediya ajratiladi va bu mablag’ uch yil davomida, har yili o’n oyga taqsimlanib, oyiga 1000 RMB (taxminan 156 AQSh dollari)dan to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzodga talablar

  1. Qingdao Davlat Grantlari barcha uchun ochiq.
  2. Grant uchun Hujjat topshirayotgan nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  3. Nomzodning salomatligi yaxshi holatda bo’lishi kerak.
  4. Nomzod Xitoy hukumatidan boshqa moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (Bakalavriat uchun kamida IELTS 5.0, TOEFL (Ibt) 60, HSK 4 yoki nomzodning oldingi olgan ta’limi tili ingliz tili bo’lishi, qolgan bosqichlar uchun kamida IELTS 6.0, TOEFL (Ibt) 80, HSK 4 yoki nomzodning oldingi olgan ta’limi tili ingliz tili bo’lishi kerak)

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga qabul jarayoni quyidagicha o’tadi:

  1. Onlayn ariza Bunda International Student Online Application system orqali ro’yxatdan o’tiladi va onlayn ariza to’ldirilib, topshiriladi.
  2. Hujjat topshirilgandan 2 hafta o’tib, natijalar e’lon qilinadi.
  3. Hujjatlarni jo’natish. Grant taqdim etiladigan talabalar ro’yxati e’lin qilinganidan keyin ikki hafta ichida universitet qabul bo’limi talabaga to’ldirib jo’natilishi kerak Hujjatlarni jo’natadi. Ariza topshirish jarayonida nomzodlar o’z pochta manzillarini to’liq va to’g’ri ko’rsatishlari zarur.
  4. Yotoqxonadan xona band qilish va to’lovni amalga oshirish. Qabul jarayonini yakunlash uchun talaba universitetning yotoqxonasidan joy band qilishi va 1000 RMB to’lovni amalga oshirishi kerak. Bu mablag’ keyinchalik qaytarib beriladi.
  5. Universitetdagi grant ajratilgan kurs uchun ro’yxatdan o’tish. Bunda talaba o’zi o’qishi kerak bo’lgan kurs mashg’ulotlari uchun ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi. Agar talaba o’z vaqtida ro’yxatdan o’tmasa grant bekor qilinadi.

Kerakli Hujjatlar

  1. Ilmiy darajaga aloqador bo’lmagan kurslar uchun:
  • Pasport nusxasi (kamida 12 oygacha kuchda bolishi kerak);
  • Ariza topshirilishidan oldin olingan eng oxirgi ta’limning diplomi va ilovasi (ingliz yoki xitoy tilida);
  • Foreign physical examination form” (tibbiy ma’lumotnoma o’rnida)
  • Ish bilan ta’minlanganlik holati haqida ma’lumot
  1. Bakalavriat kurslari uchun:
  • Pasport nusxasi (kamida 24 oygacha kuchda bolishi kerak)
  • Maktab shahodatnomasi va ilovasi (ingliz yoki xitoy tilida)
  • Ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi sertifikat
  • Foreign physical examination form” (tibbiy ma’lumotnoma o’rnida)
  • Ish bilan ta’minlanganlik holati haqida ma’lumot
  • Sertifikatlar, mukofotlar va boshqa erishilgan yutuqlardan dalillar.
  1. Magistratura va doktorantura kurslari uchun:
  • Pasport nusxasi (kamida 24 oygacha kuchda bolishi kerak)
  • Bakalavriat yoki magistratura diplomi va ilovasi (ingliz yoki xitoy tilida)
  • Ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi sertifikat
  • Tatqiqot taklifi (research proposal) yokii o’quv rejasi (study plan) (hajmi 1500 so’z atrofida bo’lishi kerak)
  • 2 ta tavsiyanoma
  • “China University of Petroleum supervisor acceptance letter”
  • Foreign physical examination form” (tibbiy ma’lumotnoma o’rnida)
  • Ish bilan ta’minlanganlik holati haqida ma’lumot

Eslatmalar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!