×

Xitoy: Postdoktorantura tadqiqotchilariga to’liq grant; yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1483 marta

Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Southern University of Science and Technology (SUSTech) oliygohining Department of Mechanical and Energy Engineering fakulteti shu universitetda ishlash hamda tadqiqotlar olib borish istagidagi nomzodlardan arizalar qabul qilmoqda. Dasturga hujjat topshiruvchilarning quyidagi yo’nalishlar bo’yicha doktorlik darajasiga va yetarli tajribaga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq:

  • Robotics.
  • Additive Manufacturing.
  • Innovative design.

Tadqiqotchilar to’liq stavkali, haq to’lanadigan ish o’rinlari bilan ta’minlanadilar, yuqoridagi uch asosiy yo’nalish bo’yicha keng miqyosdagi tajribalar olib borish, mahalliy va xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish, bakalavr, magistranat talabalarga dars o’tish hamda tadqiqotchi rahbar sifatida faoliyat olib borish imkoniga ega bo’ladilar.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorantura tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda g’olib bo’lgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Tadqiqotchining mehnat tajribasi va malakasidan kelib chiqib unga xalqaro talablarga mos oylik ish haqi to’lanadi.
  2. Tadqiqotchining Xitoyga yetib kelishi hamda joylashishiga sarflanadigan barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod fan doktori darajasiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod Robotics, Additive Manufacturing, Innovative design yoki shunga yaqin sohalar bo’yicha doktorlik darajasiga va yetarli tajribaga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
  4. Nomzod o’zi ariza bergan soha bo’yicha tadqiqot olib borishga ishtiyoqmand bo’lishi kerak.
  5. Nomzod dastur davomida loyiha ustida ishlayotgan guruh a’zolari hamda hamkor tashkilot vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor bo’lishi kerak.
  6. Nomzod Southern University of Science and Technology talablariga mos boʻlishi kerak.
  7. Dasturda g’olib bo’lgan ishtirokchi ta’lim berish va tadqiqotlar olib borish jarayonida o’zidagi yetakchilik qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lishi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur bo’yicha grant o’rinlari 2019-yilning 12-iyulida e’lon qilingan bo’lib, hujjat topshirishning alohida muhlati belgilanmagan. Dasturga arizalar qabul qilish munosib nomzod topilishi bilan nihoyasiga yetadi. Shu sababli dasturda ishtirok etish niyyatidagi nomzodlarga iloji boricha ertaroq ariza berishlari tavsiya etiladi. Dasturda ishtirok etish maqsdidagi nomzodlar http://mee.sustc.edu.cn/en/employment/zhaopin1/ manzili orqali ariza berishlari hamda quyidagi ma’lumotlari jamlangan hujjatlarni ligq@mail.sustc.edu.cn manziliga yuborishlari kerak:

  • Chop etilgan nashrlarning to’liq ro’yxati.
  • Tadqiqotga qiziqishini ifodalovchi xat (Statement of research interests).
  • O’qitish tizimi haqidagi bayonot (Statement of teaching philosophy).
  • Eng oxirgi izlanishlar/nashrlardan uchtasining to’liq varianti.
  • 5 ta tavsiya beruvchi shaxsning ismi – sharifi hamda kontakt raqamlari.

Nomzodlar ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar. Dasturga hujjat topshirish tartibi va talablari bu yerda berilgan.

Ma’lumot uchun:

Tel.: +86-0755-8801 0000

E-mail: ligq@mail.sustc.edu.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!