×

Xitoy: To’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

5980 marta

Xitoy fan va texnologiyalar universiteti (The University of Science and Technology of China) magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun stipendiyali dastur e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

 

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Talabaga kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi.
  • Talaba bepul yashash joyi bilan ta’minlanadi.
  • Talabaning tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi.
  • Talaba oylik stipendiya bilan ta’minlanadi: Magistrlar uchun – oyiga 3000 yuan (hozirgi kursda taxminan 453 AQSh dollari); Doktorantlar uchun – oyiga 3500 yuan (hozirgi kursda taxminan 529 AQSh dollari).

Talablar:

Nomzodlar 2 xil toifada hujjat topshirishlari mumkin:

A toifadagi nomzodlar:

  • Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • Xitoy davlati tomonidan taqdim etilgan boshqa grandlar sohibi bo’lmasligi kerak;
  • Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi va 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak;
  • Doktoranturada o’qimoqchi bo’lganlar magistr diplomiga ega bo’lishi hamda 40 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.

B toifadagi nomzod:

  • Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • Xitoy fan va texnologiya universitetining hamkor universitetlari talabalar almashinuvi dasturi ishtirokchisi bo’lishi kerak.

Tilga qo’yilgan talablar: Nomzodlar universitetda xitoy tilida yoki ingliz tilida o’tiladigan yo’nalishlarni tanlashi mumkin. Xitoy tilida o’tiladigan yo’naishlar tanlanganda nomzod HSK 4 darajasiga, ingliz tilidagi yo’nalishlarni tanlaganda IELTS 6 darajasiga ega bo’lishi lozim. Xitoy tilida o’qishni tanlagan, lekin xitoy tilida o’qish uchun tilni bilish darajasi yetarli bo’lmasa, nomzod dastlab 1 yillik xitoy tili kursini o’qishi kerak bo’ladi.

Magistrlar uchun xitoy tilida, ingliz tilida va xitoy yoki ingliz tilida o’qitiladigan yo’nalishlar ro’yxati SHU YERDA

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Grant uchun ariza.
  • Universitet professoridan shogirdlikka qabul qilingani haiqdagi hujjat.
  • Nomzodning avvalgi o’qish joyidagi o’qituvchilar tomonidan taqdim etilgan 2ta tavsiyanoma.
  • Pasport skanerlangan nusxasi.
  • Diplom va ilovaning notarius tomonidan tasdiqlangan fotonusxasi.
  • Xorijiy jiismoniy tarbiya imtihoni anketasining fotonusxasi (saytdan yuklab olinadi)
  • Ingliz va/yoki xitoy tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat.
  • O’quv reja (study plan).

1-qadam: Grant uchun arizani yuklab oling.

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirayotgan talabalar istiqboldagi supervayzer/ilmiy rahbari bilan aloqa o’rnatilishi maqsadga muvofiq. O’z hujjatlariga qo’shib universitet professorining xalqaro talabani shogirdlikka qabul qilgani haqidagi hujjatni ham universitetning xalqaro munosabatlar bo’limiga yuboring.

2-qadam: Grant uchun onlayn ariza to’ldiring.

Onlayn hujjat topshirish o’z ichiga anketani to’ldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilishni oladi.

  • Onlayn hujjat topshirish uchun amaldagi email akkauntingiz va parol kiritish orqali o’z ID raqamingizni yarating. Sizning pochtangizga tasdiqlovchi xabar keladi. Sizga berilgan raqam doim arizaning so’ralgan joylarida kiritilishi kerak.
  • ID raqamingiz orqali saytga kiring va kerakli ma’lumotlarni to’ldirib, hujjatlarni ilova qiling. Onlayn hujjat belgilangan muhlatga qadar istalgan payt o’zgartirilishi va qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Har safar NEXT tugmasini bosganingizda kiritgan ma’lumotlaringiz avtomatik tarzda saqlanadi.
  • “Comfirm and Submit” tugmasi orqali hujjatlaringizni topshiring. Yodingizda bo’lsin: hujjatlaringiz “file review”dan o’tgach, uni o’zgartirib bo’lmaydi.
  • Quick Links panelidan “Status” tugmasini bosib, arizangiz holatini ko’rishingiz mumkin.

Stipendiyali dasturga hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan istalgan yo’nalishni tanlashi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!