×

Xitoy: barcha xarajatlari qoplanadigan yoshlar forumi


Grant

MUHLAT

10.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

5080 marta

Xitoyning Beijing shahridagi Yenching Akademiyasida shu yilning 7-9 dekabr kunlari bo’lib o’tadigan Yenching Ijtimoiy Innovatsiya Forumiga arizalar qabul qilinmoqda. Forum BMT’ning Barqaror Rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida tashkil etilgan bo’lib, unda iqtidorli yetakchi na novator yoshlar dunyoning dolzarb muammolari yechimlari haqidagi o’z takliflari bilan ishtirok etishlari ko’zda tutilgan. Forum  seminarlar, ma’ruzalar, ijtimoiy tadbirlar va ekskursiyalardan tashkil topadi. Forumning mavzusi – “Smarter Living: Cities, Jobs, and Health for the Future”. Tadbirda umumiy mavzuga aloqador barcha mavzular ko’rib chiqiladi, jumladan:

  • Workplace productivity
  • Equitable and accessible work
  • Remote work
  • Job-seeking and hiring
  • Work-life balance
  • Co-working, shared spaces, or renting
  • Movement in cities
  • Safe and healthy working conditions
  • Air pollution in cities
  • Water quality in cities
  • Green architecture or landscaping
  • Urban farming
  • Eco-friendly design, infrastructure, or construction
  • Community health care/health provision
  • Corporate health care

Forumda startap g’oyalar yoki hali amalga oshirilmagan takliflar bilan ishtirok etish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Yosh liderlik va novatorlik qobiliyatiga ega talaba va mutaxassislarga

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumning umumiy byudjeti 45.000AQSh dollaridan oshiqroq bo’lib, u qatnashchilarni borish va qaytish aviachiptalari, turar joy, oziq ovqat va konferensiya materiallari bilan ta’minlaydi. Qatnashchilarning viza va shaxsiy xarajatlari o’zlari tomonlaridan to’lanadi.

Talablar:

Forumda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Forumda dunyoning istalgan davlatidan talaba va mutaxassislar o’z g’oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
  2. Nomzodning ilgari ham forum mavzulari doirasida olib borgan izlanishlari bo’lishi maqsadga muvofiq.
  3. Konfererensiyada 18dan 30 yoshgacha (shu yilning 10-sentabr holatiga ko’ra) bo’lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
  4. Forum ingliz tilida bo’ladi,shuning uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Forumda qatnashish uchun onlayn ariza to’ldirish talab etiladi. Ariza to’ldirish jarayonida CV va IELTS/TOEFL testi natijlarini (agar bor bo’lsa) taqdim etish kerak bo’ladi.

Batafsil ma’lumot uchun ycasif2018@gmail.com elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!