×

Xitoyda o‘qishni to‘liq qoplaydigan stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.06.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1260 marta

Xitoyning Fujian Normal universitetida o‘qiyotgan yoki o‘qishga hujjat topshirayotganlar uchun Fujian Normal University President Scholarship 2017-2018 dasturi e’lon qilindi.

Grant kimlar uchun?

Fujian Normal Universitetiga bakalavr/magistrlik/doktorlik bosqichida o‘qishga hujjat topshirayotganlar va shu bosqichlarda ta’lim olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Ta’lim puli (tuition fee) to‘lab beriladi.
  • 11 oylik turar joy bilan ta’minlanadi.
  • 11 oy davomida: bakalavrlar – 800 Xitoy yuani (bugungi kurs bo‘yicha 117 AQSh dollari); magistrlar – 1000 Xitoy yuani (146 AQSh dollari); doktorlik bosqichida o‘qiyotganlar 1200 Xitoy yuani (175 AQSh dollar) miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Barcha talabalar har 2018-yilning may oyida maxsus test topshirishlari va xuddi shu shartlardagi stipendiyani 2018-2019-o’quv yili uchun ham yutib olishlari mumkin.

Talablar:

Ushbu stipendiyani qo‘lga kiritishni xohlovchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz yoki xitoy tilida to‘ldirilgan holda topshirishi lozim:

  1. Ariza. Arizani SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Diplom va baholarning tarjima qilingan va notariusdan tasdiqlangan shakli.
  4. HSK (xitoy tilini bilish darajsini tasdiqlvchi hujjat) nusxasi.
  5. Tibbiy ma’lumotnoma.
  6. O‘quv rejasi.
  7. Ikkita tavsiyanoma.
  8. 18 yoshga to‘lmaganlar uchun Xitoyda qaramog‘ida olishi mumkin bo‘lgan ishonchli tanishi (do‘sti, qarindoshi, kursdoshi va hk) haqidagi hujjat.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun iccsfjnu@263.net email adresiga yoki +86-591-83434244raqamiga murojaat qilishingiz mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!