Buyuk Britaniyada joylashgan John Innes Centre ilmiy tadqiqot markazi Xorvatiya tadqiqot markazi bilan hamkorlikda mikrobiologiya sohasi mutaxassislaridan John Innes/Rudjer Bošković Summer School on “Microbial Specialised Metabolites: Discovery, Biosynthesis and Evolution” yozgi maktab dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu yozgi maktab 2020-yilning 5-12-sentabrida, ya’ni bir hafta davomida Xorvatiyaning Inter-University Centre Dubrovnik markazida boʻlib oʻtadi. Bu davr mobaynida ishtirokchilar molekulyar mikrobiologiya, mikrobiologik metabolitlar boʻyicha tadqiqot olib borishadi.
2020-yilgi maktab dasturi quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- Isolation and screening of metabolite-producing microorganisms
- Diversity of specialised metabolite producers
- Purification and characterisation of microbial natural products
- Natural product biosynthesis
- Natural products in microbial communities and cell-cell interactions
- Natural products in symbioses with higher organisms
- Ecology and evolution of natural product biosynthetic gene clusters
- Regulation of natural product biosynthesis, including intra- and extracellular signalling
- Metagenomics and heterologous pathway expression
- Genome mining for novel natural product discovery
- Prediction and characterisation of biosynthetic pathways in silico and experimentally
- Activation of transcriptionally silent cryptic gene clusters
- Pathway engineering.
Grant kimlar uchun?
Doktorant va postdoktorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Maktabda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritganlarga 8 kunlik xarajatlarga 700 yevro va registratsiya pulini toʻlash uchun 200 yevro beriladi. Ayrim ishtirokchilarga vaziyatga qarab stipendiya ajratilishi mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Dunyoning istalgan mamlakatidagi molekulyar biologiya, mikrobiologiya hamda shu sohaga yaqin soha boʻyicha oʻqiyotgan PhD bosqichi talabalari hamda postdoktorlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.
- Talabalarning quyidagi yoʻnalishlardan birida tahsil olayotgan boʻlishi lozim:
- Molecular microbiology
- Chemistry
- Microbial ecology
- Bioinformatics
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Nomzodlar ariza shaklini toʻldirishlari kerak. Arizada beilgan hamma savollarga toʻliq javob yozish lozim. Arizani 2020-yil 14-fevralgacha Mervyn Bibbga SSAMM20@jic.ac.uk elektron pochta manziliga joʻnatishlari lozim.
Ma’lumot uchun: SSAMM20@jic.ac.uk manziliga murojaat qiling.