Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Adliya vazirligi hamkorlikda respublikada xotin-qizlar tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan, oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni, shuningdek xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olishni targʻib qiluvchi “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovini eʼlon qildi.
Mazkur tanlovga videoroliklar 2022-yil 10-noyabrgacha Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali qabul qilinad.
Grant kimlar uchun?
Barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov gʻoliblari (1-, 2-, 3-oʻrin) qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovda quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:
- “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
- “Eng yaxshi videomontaj uchun”;
- “Eng yaxshi infografika uchun”.
Talablar:
Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari qatnashishi mumkin. Ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga videoroliklar 2022-yil 10-noyabrgacha qabul qilinadi. Ishtirokchilar oʻz videoroliklarini va shaxsiga oid maʼlumotlarini Telegram orqali +998 90 918 73 50 raqamiga yuborishi kerak.
MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy videoni tomosha qiling.
Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 231 57 46
+998 71 231 57 16