Qayerda: Almatidagi Qozog’iston-Germaniya universitetida
Kim uchun: Germaniya hamda Markaziy Osiyodagi talabalar uchun
Kursning mavzusi: “Markaziy Osiyoda mintaqaviy va transmilliy hamkorlik”
Yozgi kurs uchun to’lov: Xalqaro yozgi kurs bepul.
Umumiy ma’lumot: XVI xalqaro yozgi kursning hamkorklari – Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) , Konrad-Adenauer-Stiftung (KAS) hamda Germaniya-Qozog’iston universiteti (GKU)
2018 – yilda bo’lib o’tadigan yozgi kurs ikki modulga asoslangan. Har bir talaba faqatgina bitta kurs uchun ariza topshirishi mumkin. Ishtirokchilar soni 10-14 kishidan iborat bo’lib, darslar ingliz tilida olib boriladi.
Yozgi kurs: guruh bo’lib ishlash, seminarlar, ma’ruzalar va prezentatsiyalar ko’rinishda olib boriladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi va Qozog’istonda taassurot qoldirish maqsadida talabalar bilan birgalikda turli sayohatlar, tog’ sayrlari va o’lkadagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishish kabi turli madaniy tadbirlarni rejalashtirilmoqda.
Grant kimlar uchun?
Talabalar, yosh olim, ishlovchi va tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Kurs xarajatlari:
a) Germaniyadan kelgan talabalar uchun:
Olmoniyadan kelgan ishtirokchilar uchun Almata shaharlariga umumiy sayohat xarajatlari uchun bir martalik to’lov sifatida 380 EUR beriladi.
b) Markaziy Osiyodan kelgan talabalar uchun
Markaziy Osiyo ishtirokchilari (Almata bundan bundan mustasno) uchun yo’l hamda boshqa (mehmonxona, oziq ovqat) harajatlari qisman qoplanadi. Sayohat oqilona taqsimlanishni kerak: Bishkekdan samolyotda uchgandan ko’ra avtobusda kelgan maqul.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Germaniya, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston.Talablar:
Kursda ishtirok etish uchun talablar:
- Talaba, yosh olim, tadqiqotchi yoki yosh ishchi bo’lish;
- Germaniya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston yoki Turkmanistonda istiqomat qilish;
- Tanlangan mavzu bo’yicha qiziqish;
- Ingliz tilida yetarli darajada bilimga ega bo’lish.
Dasturning boshlanishi:
2018-07-30Dasturning tugashi:
2018-08-11Dasturga qabul jarayoni:
Ariza va hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Sizdan talab qilinadigan hujjatlar:
- Ingliz tilini bilishingizni isbotlovchi hujjat (agar mavjud bo’lsa test natijalarini kiritishingiz mumkin);
- Tanlangan kurs mavzu bo‘yicha motivatsiya xati (1-2 bet);
- Tarjimai hol;
- O’qish joyidan ma’lumotnoma (agar o’qiyotgan bo’lsa).
Ariza blankasi ( MANA BU YERDAN YUKLAB OLING).
Tayyor bo’lgan barcha hujjatlaringizni quyidagi e-mailga jo’nating:
Elena Asmus
International Office
German-Kazakh University: int_office@dku.kz
Ushbu maqola nemis tilini o’rgatish va Germaniyadagi ta’lim haqidagi ma’lumotlar berishga ixtisoslashgan Deutsch Online Usbekistan tahririyati tomonidan tayyorlandi.
Tahririyat kanaliga qo’shilish uchun MANA BU YERGA BOSING