×

XX Videominute qisqa video va animatsiyalar tanlovi: mukofot – 700 yevro!


Grant

MUHLAT

25.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2451 marta

Ispaniyada joylashgan Universidad de Zaragoza madaniyat va ijtimoiy masalalar bo’limining madaniyat sohasi Cinemaremagnum Servicios Audiovisuales bilan hamkorlikda videotasvirlar va animatsiya yaratish hamda va ijodkorlarni rag’batlantirish maqsadida XX Videominute xalqaro tanlovini e’lon qildi.

Tanlovga istalgan mavzuda, janrda va usulda tayyorlangan, davomiyligi 60 soniyagacha bo’lgan video asarlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 3 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.

“The Best International Videominute”, “The Best Spanish Videominute” va “The Best Aragonese Videominute” mukofotlari bilan taqdirlangan ishtirokchining har biriga 700 yevrodan pul mukofoti taqdim etiladi.

Talablar:

  • Tanlovga topshirilgan video istalgan mavzu, janr, format va usulda olinishi mumkin, ammo 60 soniyadan oshmasligi shart.
  • Davomiyligi 60 soniyadan oshgan videolar tanlovga qabul qilinmaydi. Bunda video kirish qismi, muallif va boshqalarning ismlari ko’rsatiladigan qismlari bilan qo’shib hisoblaganda 60 soniya bo’lishi zarur.
  • Shu tanlovning o’tgan yilgi mavsumlariga topshirilgan ishlar, aslida 60 soniyadan uzunroq videodan kesib olingan 60 soniyalik video parchalar ham tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga taqdim etilayotgan video shu tanlov uchun maxsus tushirilgan bo’lishi va davomiyligi talabga mos bo’lishi kerak.
  • Tanlovda bir ishtirokchi har biri 60 soniyadan bo’lgan 3 ta yoki undan kam video bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Ispan tilida bo’lmagan videolarga ingliz yoki ispan tilida subtitr kiritilishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2020-yil 22-oktyabrdan boshlab bu yerda qabul qilinadi. Ariza yuborishning so’nggi sanasi – 2021-yil 25-mart.

Tanlovga saralash 2 bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichdan finalga 25 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Ular orasidan 3 nafar sovrindor mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun tanlov tashkilotchilari bilan bog’laning:

  1. Área de Actividades Culturales. Universidad de Zaragoza:
  1. Cinemaremagnum Servicios Audiovisuales:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!