Xyubert X.Xamfri stipendiyalari dasturi Fulbrayt almashuv dasturlari doirasida boʻlib, oʻzbekistonlik mutaxassislarga Amerika Qoʻshma Shtatlariga borib, 10 oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va oʻz mutaxassisliklari boʻyicha tegishli amaliy tajribaga ega boʻlish imkonini beradi. Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislarga tanlov asosida beriladi.
Xamfri stipendiatlari qabul qiluvchi Amerika universitetida bir yillik tahsillari davomida oʻzlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura darajasida boʻlgan dastur boʻyicha oʻquv kursiga taklif etiladi. Shu bilan birga, Hamfri ilmiy unvon beradigan dastur emasligini inobatga olgan holda, dastur qatnashchilari oʻz vaqtlarining koʻpgina qismini kasbiy rivojlanishga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etishga bagʻishlaydilar, bularga AQSH professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari bilan maslahatlar va hamkorliklar, joylarga tashriflar, seminarlar, tadqiqot loyihalari hamda stipendiatlarning oʻz vatanlarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan amaliy jihatdan foydali strategiyalarni ishlab chiqish kiradi.
Hozirda 2025-2026-yilgi dastur uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Grant quyidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun beriladi:
Human and Institutional Capacity:
- Economic Development
- Finance & Banking
- Public Policy Analysis and Public Administration
- Technology Policy and Management
Rights and Freedoms:
- Communications and Journalism
- Law and Human Rights
Sustainable Lands:
- Agricultural and Rural Development
- Natural Resources, Environmental Policy and Climate Change
- Urban and Regional Planning
Thriving Communities:
- Public Health Policy and Management
- Substance Abuse Education, Treatment and Prevention
- Educational Administration, Planning, and Policy
Grant kimlar uchun?
Malaka oshirishni xohlovchi kamida 5 yillik tajribaga ega yosh mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni qoʻlga kiritgan nomzod quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Universitetlarga kirish uchun topshiriladigan testlar xarajatlari qoplanadi.
- J-1 toifasidagi vizani (Almashuv dasturi vizasi) olishda yordam.
- AQSHga borish va kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- AQSHda yashash xarajatlari uchun stipendiya. Stipendiya stipendiatga hamrohlik qiluvchi oila aʼzolarining xarajatlarini qoplamaydi.
- Mezbon universitetdagi oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplab beriladi.
- Kasbiy tashriflar, konferensiyalar kabi kasbiy mashgʻilotlar uchun kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
- AQSHda oʻqish boshlanishidan oldingi tanishtiruv dasturi tashkillashtiriladi.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Muayyan davlatlarTalablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Oʻzbekiston fuqarosi yoki Oʻzbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident boʻlishlari hamda ariza topshirish va saralash jarayonining toʻliq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilishlari kerak.
- Bakalavriat darajasiga ega boʻlish lozim.
- Ariza topshirish boshlanishiga qadar kamida besh yillik kasbiy mehnat stajiga ega boʻlishlari kerak (toʻliq stavkada ishlagan ish tajribasi talab etiladi).
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
- Oldin AQSHda boʻlmagan yoki qisqa muddat davomida boʻlgan boʻlishi kerak. AQSHda oxirgi besh yil ichida olti oydan uzoqroq muddat davomida istiqomat qilgan shaxslar ushbu dastur tanlovida ishtirok eta olmaydilar.
- Yetakchilik sifatlariga ega boʻlish lozim.
- Jamoatchilik uchun xizmatlar/davlat xizmati sohasida faoliyat yuritgan boʻlish kerak.
MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Barcha talablar, saralash mezonlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Topshirish talab etiladigan xujjatlar:
Qo‘shimcha hujjatlar: Xyubert X.Xamfri stipendiyalari dasturi sizdan reyting daftarchasidan ko‘chirmalarni, ikkita tavsiyanomani va ingliz tilini bilish darajasini baholash shaklini topshirishingizni talab qiladi.Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2024-yilning 7-iyuniga qadar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar ham topshiriladi:
- 2 ta tavsiyanoma. Tasviyanomalardan biri hozirgi ish beruvchingizdan boʻlishi lozim. Tavsiyanomalar tavsiya etuvchilar tomonidan onlayn tizimda topshiriladi. Agar onlayn tizimda tavsiyanomani topshirish imkoni boʻlmasa, tavsiya etuvchilar tavsiyonam shaklini BU YERDAN yuklab olib, uni toʻldirib, soʻng TashkentFulbright@state.gov elektron manziliga yuborishi kerak. Fulbrayt idorasi tavsiyanomalarni qabul qilib olgandan soʻng tavsiyanoma bergan shaxslarga javob xati joʻnatadi. Tavsiyanomalar ingliz tilida boʻlishi kerak. Tavsiya beruvchi shaxslar o‘z tavsiyanomalarini arizalarni topshirishning so‘ngi muddatidan kechiktirmasdan topshirishlarini ta’minlashga ariza beruvchining o‘zi to‘liq mas’uldir.
- Bakalavriatda oʻtilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ingliz tilida). Shuningdek, bakalavrlik diplomi ham. Agar nomzod magistratura yoki/va doktoranturani ham tamomlagan boʻlsa, bu bosqichlarning faqat diplomlari yukalanadi, baholari yuklanmaydi.
- Ingliz tilini bilish darajasini baholash shakli bo‘sh qoldirilishi kerak. IELTS va/yoki TOEFL imtihonlari uchun baholar mazkur bosqichda talab ETILMAYDI, ammo sertifikat bor bo‘lsa TashkentFulbright@state.gov elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
Saralash jarayoni
Ariza topshirish boʻyicha soʻnggi muddat tugagach, qabul qilingan barcha arizalar elchixona xodimlari va sobiq stipendiatlardan iborat hayʼat tomonidan koʻrib chiqiladi. Hujjatlari maʼqul topilgan nomzodlar AQSH elchixonasida boʻlib oʻtadigan suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan soʻng, eng yaxshi nomzodlar AQSH elchixonasi tomonidan stipendiya olishga tavsiya etiladi. Ushbu nomzodlarga TOEFL testini topshirish uchun vaucherlar beriladi. Hamfri stipendiyalarini olish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Uilyam Fulbrayt jamgʻarmasining xorijiy stipendiyalar boʻyicha Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dastur grantini olganlar (tanlov yilidan) keyingi yilning kuz oylarida AQSHdagi universitetlariga joʻnab ketadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi e’lon bilan albatta tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan TashkentFulbright@state.gov elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Bunda elektron xabar mavzusi (Subject)ga “2025 Humphrey Fellowship Program” deb yozilishi lozim.