×

Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

03.07.2026

QOLGAN VAQT

27 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

43199 marta

Xyubert X.Xamfri stipendiyalari dasturi Fulbrayt almashuv dasturlari doirasida boʻlib, oʻzbekistonlik mutaxassislarga Amerika Qoʻshma Shtatlariga borib, 10 oy davomida tahsil olish va oʻz mutaxassisliklari boʻyicha tegishli amaliy tajribaga ega boʻlish imkonini beradi. Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislarga tanlov asosida beriladi.

Xamfri stipendiatlari qabul qiluvchi Amerika universitetida bir yillik tahsillari davomida oʻzlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura darajasida boʻlgan dastur boʻyicha oʻquv kursiga taklif etiladi. Shu bilan birga, Hamfri ilmiy unvon beradigan dastur emasligini inobatga olgan holda, dastur qatnashchilari oʻz vaqtlarining koʻpgina qismini kasbiy rivojlanishga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etishga bagʻishlaydilar, bularga AQSH professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari bilan maslahatlar va hamkorliklar, joylarga tashriflar, seminarlar, tadqiqot loyihalari hamda stipendiatlarning oʻz vatanlarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan amaliy jihatdan foydali strategiyalarni ishlab chiqish kiradi.

Hozirda 2027-2028-yilgi dastur uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant quyidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun beriladi:

  • Communications and Journalism
  • Law and Governance
  • Natural Resources Policy
  • Public and Economic Policy
  • Public Health Policy and Management
  • Technology Policy and Management

Grant kimlar uchun?

Malaka oshirishni xohlovchi kamida 5 yillik tajribaga ega yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan nomzod quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Universitetlarga kirish uchun topshiriladigan testlar xarajatlari qoplanadi.
  • J-1 toifasidagi vizani (Almashuv dasturi vizasi) olishda yordam.
  • AQSHga borish va kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • AQSHda yashash xarajatlari uchun stipendiya. Stipendiya stipendiatga hamrohlik qiluvchi oila aʼzolarining xarajatlarini qoplamaydi.
  • Mezbon universitetdagi oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplab beriladi.
  • Kasbiy tashriflar, konferensiyalar kabi kasbiy mashgʻilotlar uchun kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
  • AQSHda oʻqish boshlanishidan oldingi tanishtiruv dasturi tashkillashtiriladi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Muayyan davlatlar

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekiston fuqarosi yoki Oʻzbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident boʻlishlari hamda ariza topshirish va saralash jarayonining toʻliq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilishlari kerak.
  • Bakalavriat darajasiga ega boʻlish lozim.
  • Ariza topshirish boshlanishiga qadar kamida besh yillik kasbiy mehnat stajiga ega boʻlishlari kerak (toʻliq stavkada ishlagan ish tajribasi talab etiladi).
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  • Oldin AQSHda boʻlmagan yoki qisqa muddat davomida boʻlgan boʻlishi kerak. AQSHda oxirgi besh yil ichida olti oydan uzoqroq muddat davomida istiqomat qilgan shaxslar ushbu dastur tanlovida ishtirok eta olmaydilar.
  • Yetakchilik sifatlariga ega boʻlish kerak.
  • Ishida boshqaruv yoki siyosiy vazifalar/majburiyatlarga ega boʻlishi kerakn( universitet oʻqituvchilari va/yoki chet tili sifatida ingliz tili oʻqituvchilari ham). Giyohvand moddalarga qarshi taʼlim va siyosat sohasida ishlayotgan olimlar/tadqiqotchilar uchun istisnolar mavjud.
  • Jamoatchilik uchun xizmatlar/davlat xizmati sohasida faoliyat yuritgan boʻlish kerak.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Barcha talablar, saralash mezonlari bilan BU YERDA va BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2026-yilning 5-iyuliga qadar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar ham topshiriladi:

  • Toʻldirilgan onlayn ariza. Arizada barcha savollarga javob berilishi, insholar yozilishi kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma. Tasviyanomalardan biri hozirgi ish beruvchingizdan boʻlishi lozim. Tavsiyanomalar tavsiya etuvchilar tomonidan onlayn tizimda topshiriladi. Fulbrayt idorasi tavsiyanomalarni qabul qilib olgandan soʻng tavsiyanoma bergan shaxslarga javob xati joʻnatadi. Tavsiyanomalar ingliz tilida boʻlishi kerak. Tavsiya beruvchi shaxslar o‘z tavsiyanomalarini arizalarni topshirishning so‘ngi muddatidan kechiktirmasdan topshirishlarini ta’minlashga ariza beruvchining o‘zi to‘liq mas’uldir.
  • Bakalavriatda oʻtilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ingliz tilida). Shuningdek, bakalavrlik diplomi ham. Agar nomzod magistratura yoki/va doktoranturani ham tamomlagan boʻlsa, bu bosqichlarning faqat diplomlari yukalanadi, baholari yuklanmaydi.
  • Ingliz tilini bilish darajasini baholash shakli bo‘sh qoldirilishi kerak. IELTS va/yoki TOEFL imtihonlari uchun baholar mazkur bosqichda talab ETILMAYDI. Nomzodlar keyingi bosqichga oʻtsa, ulardan TOEFL imtihonini topshirish soʻraladi. Lekin agar ariza topshirish vaqtida IELTS yoki TOEFL sertifikatingiz boʻlsa (IELTS kamida 6.0, TOEFL esa kamida 72 boʻlishi kerak), uni TashkentFulbright@state.gov email manziliga yuborishingiz kerak.

Saralash jarayoni

Ariza topshirish boʻyicha soʻnggi muddat tugagach, qabul qilingan barcha arizalar elchixona xodimlari va sobiq stipendiatlardan iborat hayʼat tomonidan koʻrib chiqiladi. Hujjatlari maʼqul topilgan nomzodlar AQSH elchixonasida boʻlib oʻtadigan suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan soʻng, eng yaxshi nomzodlar AQSH elchixonasi tomonidan stipendiya olishga tavsiya etiladi. Ushbu nomzodlarga TOEFL testini topshirish uchun vaucherlar beriladi. Hamfri stipendiyalarini olish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Uilyam Fulbrayt jamgʻarmasining xorijiy stipendiyalar boʻyicha Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dastur grantini olganlar (tanlov yilidan) keyingi yilning kuz oylarida AQSHdagi universitetlariga joʻnab ketadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar va AQSHning Toshkentdagi elchixonasi saytidagi maʼlumotlar bilan bilan albatta tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan TashkentFulbright@state.gov email manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat qilishda email mavzusiga (subject) “2027Humphrey Fellowship Program” deb yozing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

AQSh davlati hukumati

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!