×

Yovvoyi tabiat fotosuratlari tanlovi: Mukofot 2 000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

31.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3321 marta

 “Golden Turtle Wildlife Photography” yovvoyi tabiat fotosuratlari tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi yovvoyi tabiat aks etgan eng yaxshi asarlarni mukofotlash va yovvoyi tabiatni asrashni targ’ib qilish. Tanlov so’ngida taqdimot marosimi, Moskva va Sant Peterburgda ko’rgazmalar bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  1. “Yil suratkashi” deb topilgan asosiy sovrindor 2 000 AQSh dollari bilan mukofotlanadi, shuningdek:
  2. “Hayvon portreti” (the Portrait of the animal) nominatiyasi bo’yicha birinchi o’rin uchun 1 000 AQSH dollari;
  3. “Hayotning uyg’unligi” (Harmony of life) nominatsiyasi bo’yicha birinchi o’rin uchun 1 000 AQSh dollari;
  4. “Microkosm” (hasharotlar va mikroorganizmlar) nominatsiyasi bo’yicha birinchi o’rin uchun 1 000 AQSh dollari miqdorida mukofotlar ajratilgan.
  5. Nominatsiyalar bo’yicha keyingi o’rin g’oliblariga esdalik sovg’alar va sertifikatlar topshiriladi.

Talablar:

Bu fototanlovda tanlov tashkilotchilari va hay’at a’zolaridan tashqari hamma qatnashishi mumkin.

Tanlovga taqdim etilayotgan rasmlar uchun texnik talablar:

  • Fotmat: JPEG

·         O’lchamlari: gorizontal ishlar uchun – 1400 piksel gorizontal ravishda; vertikal ishlar uchun – vertikal ravishda 1400 piksel

  • Rasm hajmi- ko’pi bilan 600 KB
  • Surat taqdim etilayotganda kiritilgan nom va fotosuratning nomi bir-biriga mos (masalan: “qora ayiq” deb nomlangan suratni onlayn tarzda joylashda qora_ayiq deb kiritish nazarda tutilyapti)

Hay’atning talabiga binoan qayta taqdim etilayotgan original rasmlar uchun texnik talablar:

  • Format – JPEG (imkon qadar yuqori sifat bilan) va TIFF.
  • Tahrir qilingan rasmlar tahrirdan oldingi RAW holatda.
  • Ishning hajmi kamida 30 dyuym o’lchamdagi 240 dpi ruxsatda chop etishga ruxsat berishi kerak. Ko’rish hajmi kattaligi (80×120 sm) uchun tegishli sifatni saqlab qolish uchun tasvir hajmi yetarli bo’lmasa, tasvirni tahrir qilish dasturlari yordamida tasvirni «uzaytirish» tavsiya etilmaydi. San’atning yakuniy bosqichiga o’tishda bunday operatsiyalar Festival Texnik Ekspertining rahbarligi ostida o’tkaziladi.

Dasturga qabul jarayoni:

O’z fotosuratlaringizni tanlov uchun SHU YERGA taqdim etishingiz mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichi- ishlarni onlayn tarzda taqdim etish. Saralab olingan nomzodlar keyinchalik yarim final va finalga yo’l oladilar.

Tanlov qatnashchisi quyidagi ma’lumotlarni ham taqdim etishi zarur:

  1. Muallifning ismi
  2. Fotosuratga izoh (izohning uzunligi 1000 belgidan oshmagan holda suratga olish jarayoni va o’ziga hos jihatlarini ifodalashi kerak)
  3. Foydalanilgan kamera haqida malumot (kamera modeli, linzasi va qo’shimcha holda ishlatilgan boshqa jihozlar)
  4. Rasmga tushirish parametrlari (optik ta’sir qilish, diafragma, foto sezgirligi va boshqalar)
  5. Rasmdagi hayvon turi yoki zoti.

Eslatmalar:

  • Tanlovga bir nominatsiya uchun faqat bitta rasm taqdim etish mumkin;
  • Bir muallif tomonidan 20 tadan ortiq fotosurat taqdim etilishi mumkin emas;
  • Taqdim etilayotgan rasm olinganiga uch yildan oshmagan bo’lishi shart;
  • Tanlovga uy hayvonlari suratlari qabul qilinmaydi.

Tanlov shartlari bilan SHU YERDA, nominatsiyalar bilan esa SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!