×

Yadro fizikasi xalqaro magistratura stipendiya dasturi! (2018-19)


Grant

MUHLAT

19.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

1811 marta

Erasmus Mundus qo’shma magistratura uchun stipendiya dasturi (Erasmus Mundus Joint Master Degree Scholarships) 2018-2019 yil uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlov orqali jami 16 nafar stipendiant saralab olinadi. Ushbu dastur ikki yilga mo’ljallangan bo’lib fizika, kimyo, muhandis-injiniring sohalarini tugatgan va yadro fizikasiga qiziqqan nomzodlar qatnasha oladilar. Darslar va mashg’ulotlar Ispan universitetlarida (Sevilya, Madrid, Barselona), Podova va Kataniya shahridagi universitetlarda tashkil etiladi.

Universitetlar: Sevilya, Madrid, Barselona va Kataniya shaharlaridagi universitetlar

Grant kimlar uchun?

Yadro fizikasida magistratura darajasini olmoqchi bo’lgan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Shartnoma puli, qo’shimcha amaliyot va mashg’ulotlar uchun pul, va o’quv jarayoni uchun kerakli to’lovlar qoplanadi (6000 yevrodan ortiq bo’lmagan).

Talablar:

 Nomzod fizika yo’nalishida bakalavr darajasini tugatganligi to’g’risidagi bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Kimyo va muhandis-injiniring sohasini tugatganlar shu tanlovda qatnashishi ham tavsiya etiladi. Amaliy matematika, yadro fizikasida tadqiqot olib borganlarga saralash jarayonida kamroq e’tibor berilishi mumkin.

O’qishga qabul qilingan nomzod to’liq ikki yil davomida kunduzgi shaklda o’qiydi.

Ingliz tilini bilish talabi: TOEFL iBT 78, TOEFL pBT 547, TOEFL cBT 210, IELTS 6.0.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

TOEFL iBT 78, TOEFL pBT 547, TOEFL cBT 210, IELTS 6.0.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tartibda qabul qilinadi. Onlayn ariza topshirish uchun SHU YERDA

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!