×

Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 AQSh dollari yutib olish imkoniyati


Grant

MUHLAT

08.09.2024

QOLGAN VAQT

43 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4569 marta

AQShda joylashgan Yale universiteti nashriyoti hisoblangan Yale University Press har yili Yale Drama Series dramaturgiya tanlovini oʻtkazadi. Ushbu tanlovda istalgan mavzuda yozilgan pyesalar bilan ishtirok etish mumkin. Tanlov havaskor, hali professional faoliyatini boshlamagan yoki boshlaganiga ko’p bo’lmagan dramaturglarni qo’llab-quvvatlash, yangi iqtidorlarni e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan.

Tanlovga ingliz tilidagi pyesalar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish bepul.

Grant kimlar uchun?

Havaskor dramaturglar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu tanlov g’olibiga David Charles Horn Prize mukofoti sifatida 10 000 AQSh dollari topshiriladi va g’olibning pyesasi Yale University Press tomonidan chop etiladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovda istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Tanlovga topshiriladigan pyesalar ingliz tilida bo’lishi shart.
  • Pyesaning hajmi 65 betdan kam bo’lmasligi, tugallangan, to’liq bo’lishi, original va ilgari nashr qilinmagan bo’lishi zarur.
  • Shu tanlovda ilgari g’olib bo’lgan mualliflarning arizalar boshqa qabul qilinmaydi.
  • Tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etish mumkin. Tanlovga faqat bitta muallif tomonidan yozilgan pyesalar qabul qilinadi, hammualliflikda yozilgan pyesalar qabul qilinmaydi.
  • Tanlovga taqdim etilgan pyesa kompyuterda yozilgan, sahifalari raqamlangan holda bo’lishi zarur.
  • Pyesalarni tanlovga elektron nusxada, onlayn tarzda topshirish tavsiya etiladi.
  • Tarjima ishlari (boshqaning pyesasini tarjima qilib topshirish), myuzikl va bolalar pyesalari qabul qilinmaydi.

Tanlov talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu muhim: onlayn taqdim etilgan pyesalardan muallifning ismi va bog’lanish ma’lumotlari o’chirib tashlanishi shart. Pyesaning birinchi sahifasi asarning nomi, 2-3 gapdan iborat izoh va qahramonlar ro’yxati bilan boshlanishi kerak, unda muallifning shaxsini ko’rsatuvchi birorta ma’lumot ko’rsatilmasligi kerak. Muallifning shaxsiy ma’lumotlari onlayn ariza shaklida alohida ko’rsatiladi va pyesa joylangan hujjatga qo’shilmaydi.

Navbatdagi (2025-yilgi) tanlov uchun pyesalar 2024-yilning 8-sentabrigacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar bu yerda topshiriladi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlovning oldingi yillardagi gʻoliblari bilan BU YERDA tanishing.

Ma’lumot uchun yaledramaseries@yale.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!