×

Yandex Cup: dasturchilar uchun mukofot jamgʻarmasi 85 000 AQSh dollar boʻlgan onlayn chempionat


Grant

MUHLAT

03.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2403 marta

Yandex kompaniyasi professional va havaskor dasturchilar uchun Yandex Cupochiq onlayn chempionatini tashkil etmoqda. Chempionatda Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Ozorbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston, Moldova va Oʻzbekiston fuqarolari 6 yoʻnalish boʻyicha oʻz kuchlarini sinab koʻrishlari mumkin. Chempionat quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bahslar olib boriladi:

  • Algorithm (faqat shu yoʻnalishda barcha mamlakat fuqarolari qatnashishlari mumkin)
  • Frontend
  • Backend
  • Mobile development
  • Analytics
  • Machine learning

Grant kimlar uchun?

Dasturchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chepmpionatning umumiy mukofot fondi – 6.200.000 rubl (taxminan 85.033 AQSh dollar)ni tashkil etadi va olti yoʻnalishning har biri boʻyicha gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1-oʻrin: 300 000 rubl (taxminan 4114 AQSh dollar)
  • 2- oʻrin: 250 000 rubl (taxminan 3428 AQSh dollar)
  • 3-oʻrin: 200 000 rubl (taxminan 2743 AQSh dollar)
  • 4- oʻrin: 150 000 rubl (taxminan 2057 AQSh dollar)
  • 5- oʻrin: 100 000 rubl (taxminan 1371 AQSh dollar)
  • Top 30 oʻrin: Futbolkalar
  • Eng yaxshi 20 nafar qatnashchi Yandexʼda ishlash uchun osonlashtirilgan tanlovdan oʻtishga taklif etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Ozorbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston, Moldova yoki Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Algoritm yoʻnalishida barcha mamlakat fuqarolari qatnashishlari mumki.
  3. Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  4. Chepmipionatdagi vazifa va topshiriqlar professional dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan.
  5. Ammo, chempionatda dasturlash boʻyicha koʻngilli va professional shugʻullanuvchi nomzodlar qatnashishi mumkin.
  6. Har bir yoʻnalish ichida bir necha nominatsiyalar mavjud. Batafsil maʼlumotni tanlov shartlaridan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Chempionat quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

20-26 sentyabr: Sinov bosqichi (chempionat vazifalari bilan tanishtirish uchun tashkil etilgan bo’lib, uning natijasi hech qanday ahamiyatga ega emas, qatnashish ixtiyoriy).

27 sentyabr – 3 oktyabr: Kvalifikatsiya bosqichi (bu bosqichda bir necha yoʻnalish boʻyicha bellashish mumkin, eng yaxshi qatnashchilar finalga yoʻl oladilar).

16-oktyabr: Final (faqat bitta yoʻnalishni tanlash mumkin, gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadilar).

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 3-oktyabrgacha onlayn ariza tarzida qabul qilinadi. Ammo, Sinov bosqichida ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlarga arizalarini sentyabr oyi oʻrtalarigacha topshirishlari tavsiya etiladi.

Dastur haqidagi batafsil maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!