×

Yandex ofisi loyihasini yaratish boʻyicha tanlov: mukofot jamgʻarmasi 8 ming AQSH dollari!


Grant

MUHLAT

16.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

1961 marta

Yandex masofadan va aralash shaklda ishlash uchun qulay sharoitlarga ega yangi ofis ishga tushirish ishlarini olib bormoqda. Kompaniya mana shu ofisning konsepsiyalari (loyihalari) yuzasidan gʻoyalar tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda professional dizayner va arxitektorlar, shuningdek, talabalar va yosh mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ishtirokchilari ofis xodimlarining oʻz hamkasblari bilan masofadan turib samarali va qulay ishlash imkoniyati bilan taʼminlay oladigan ish joyini tashkil qilish boʻyicha takliflarini taqdim etishi kerak. Takliflar turli ssenariy va texnologiyalarni hisobga olishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Professional dizaynerlar, arxitektorlar, talabalar yoki yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar oʻz gʻoyalarini Yandex ofislariga tatbiq qilish imkoniga ega boʻladi. Shuningdek, quyidagicha pul mukofotlarini qoʻlga kiritadilar:

1-oʻrin — 300 ming rubl (taxminan 4022 AQSH dollari)
2-oʻrin — 200 ming rubl (taxminan 2682 AQSH dollari)
3-oʻrin — 100 ming rubl (taxminan 1340 AQSH dollari)

Bundan tashqari, tashkilotchilar Yandex doʻkonlaridan turli aqlli qurilmalar (karnaylar, lampalar  va boshqalar) koʻrinishida qoʻshimcha sovgʻalar bilan ham taqdirlaydilar.

Talablar:

Tanlovda professional dizayner va arxitektorlar, shuningdek, talabalar va yosh mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Topshiriladigan ishlar uchun qoʻyilgan umumiy vazifalar quyidagicha:

  • Loyiha tanlovning texnik vazifaga mos boʻlishi kerak.
  • Takliflarda yangilik va kreativ potensial boʻlishi kerak.
  • Loyihalarni amaliy jihatdan amalga tatbiq qilish mumkin boʻlishi kerak.

Ishtirok etishni xohlovchilar tanlovning texnik vazifasini toʻliq oʻqib chiqishi lozim. Texnik vazifani BU YERDA yuklab oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun BU YERDA onlayn roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ishtirokchilar 2021-yilning 16-martigacha oʻz lohiyasi boʻyicha gʻoyalarini topshiradi. Ishtirokchi bitta yoki bir nechta loyiha topshirishi mumkin. Loyihalar rus tilida topshiriladi.

Topshirilgan loyihalar saralab olinib, saralanganlari PDF-taqdimot shaklida hakamlar hayʼatiga taqdim etiladi. Hayʼat ishlarni 10 ballik tizimda baholaydi. Gʻoliblar 2021-yilning aprel oyida projectnext.ru saytida eʼlon qilinadi.

Muhim sanalar:

  • 2021-yil 16-mart – loyiha yuzasidan chuqur oʻrganishni talab etmaydigan gʻoya, konsepsiya va “tezkor gʻoyalarni” topshirishning oxirgi sanasi.
  • 2021-yil 16-aprel – mavjud ofis maydonlarini qayta tashkil etish va oʻzgartirish uchun loyihalarni, shuningdek tayyor mahsulotlar va yechimlarni taqdim etishning oxirgi sanasi.
  • 2021-yil aprel – tanlov gʻoliblari eʼlon qilinadi.

Murojaat qilish uchun kontaktlar:

Email: yandex@officenext.ru
Mariya Mixaylova: +7 916 607-31-63
Yevgeniya Vitalinskaya: +7 903 523-38-90

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!