×

Yangi Zelandiya: bakalavr kurslari uchun 12000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1449 marta

Yangi Zelandiya maktablarida majburiy ta’limning so’nggi yillarini o’qiyotgan talabalarni Victoria University of Wellington universitetiga jalb etish va qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan Wellington International Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Universitetda o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga 20000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 12895 AQSh dollari) 3 yil muddat uchun to’lab beriladi. O’qish to’lovlari haqida

Talablar:

Grantga nomzodga talablar:

  1. Nomzod Yangi Zelandiya yoki Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi va maktabning oxirgi yilini Yangi Zelandiyada o’qigan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari yuqori bo’lishi zarur.

Bakalavr kurslariga qabul uchun nomzodga talablar:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak va IELTS 6.0 yoki TOEFL IBT 80 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod 12 yillik majburiy ta’lim diplomi yoki shahodatnomasiga ega bo’lishi kerak. Batafsil
  3. Qabul uchun ingliz tili darajasi yetarli bo’lmagan nomzodlar universitetning ingliz tili tayyorlov kurslariga ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga va bakalavr kursiga arizalar 2020-yil 1-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Bakalavr kurslariga arizalar bu yerda kerakli kursni tanlagach topshiriladi. Grantga arizalar bu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Diplom/shahodatnoma va baholar
  • Ingliz tili sertifikati
  • Pasport nusxasi
  • Yangi Zelandiya maktabida o’qiganlikni tasdiqlovchi hujjat.

Murojaat uchun international@vuw.ac.nz elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!