×

Yangi Zelandiya: bakalavr kurslarida o’qish uchun 3200 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1962 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Otago universiteti tibbiyot yo’nalishi bo’yicha bakalavr kurslarida o’qishni xohlasangiz, shu kurslar uchun beriladigan Vice-Chancellor’s Scholarship for International Students – Health Sciences grantlarini yutib olish uchun ariza topshirishingiz mumkin. Grantlar iqtidorli che ellik talabalarga beriladi. Universitetda mavjud barcha kurslar, shu jumladan, tibbiyot kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga bir yilga 5000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 3200 AQSh dollari) grant beriladi. O’qish to’lovlari qanchaga tushadi?

Talablar:

  1. Nomzod Yangi Zelandiya ta’lim muassasasida maktabning kamida 1 yilini tamomlagan bo’lishi
  2. Nomzod Otago universiteti bakalavr kurslariga hujjat topshirib, o’qishga qabul qilinishi zarur.
  3. Nomzod maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomiga ega bo’lishi va baholari yuqori bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bakalavr kurslariga qabul uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL IBT 80 talab etiladi. Batafsil
  5. Nomzod yetakchilik sifatlariga ega, turli yutuqlarga erishgan, jamiyat rivojiga hissa qo’shish istagidagi iqtidorli shaxs bo’lishi kerak.
  6. Agar talaba Vice-Chancellor’s Scholarship for International Students – Health Sciences grantidan tashqari boshqa grant dasturida ishtirok etish uchun ham tanlab olingan bo’lsa, ikkala grant dasturidan ham moddiy ta’minot qabul qilib olishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yilda boshlanadigan kurslarga grant yutish uchun 2020-yil 31-oktyabrgacha ariza berish mumkin. Vice-Chancellor’s Scholarship for International Students – Health Sciences grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Otago universiteti tibbiyot bo’yicha bakalavr kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. O’qishga qabul qilingan nomzodlar aniqlangach, eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga grant belgilanadi.

Bakalavr kurslariga bu yerda ariza berishingiz mumkin. Murojaat uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!