×

Yangi Zelandiya: Bakalavriat bosqichi uchun 13 250 AQSh dollargacha grant; joy – 25 ta!


Grant

MUHLAT

15.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1368 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahrida joylashgan University of Canterbury bakalavriat kurslarida oʻqishni istagan talabalardan 2020-yilgi UC International First Year Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti bakalavriat yoʻnalishlarining birinchi kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant bir yilga – talaba 1-kursga oʻqishga qabul qilinganda ajratiladi. Grant 25 nafargacha talabaga berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Umuman olganda, chet ellik talaba uchun universitet bakalavr kurslarida oʻqish haqi bir yilga taxminan 28 750 USD. Taxminiy kontrakt narxlari bilan: shu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant yutib olgan nomzodlarga o‘qishning birinchi yiliga to‘lanadigan kontraktdan 10 000 NZD (taxminan 6 628 USD), 15 000 NZD (taxminan 9 942 USD), 20 000 NZD (13 256 USD) chegirma qilinadi.

Narxlar valyuta kursiga koʻra oʻzgarishi mumkin. Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak. Shuningdek, grant faqat bir marta – talaba birinchi kursga oʻqishga qabul qilinganda beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi).
  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliyada doimiy yashamayotgan boʻlishi kerak.
  • Yangi Zelandiya va Avstraliya rezidenti vizasi egasi boʻlgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • UC International Collegeni tamomlaganlar ariza topshirish huquqiga ega.
  • Universitetning bakalavr kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlarni topshirish uchun dedlayn sanalari farq qiladi, ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 15-aprel.

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning bakalavr kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avval shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Shu yerda esa chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Shu yerda ariza toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Arizani hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar stipendiyaga bogʻliq savollar boʻlsa, scholarships@canterbury.ac.nz pochtasiga murojaat qilib, aniqlashtiring.

*Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Oʻzbekiston uchun talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • To‘ldirilgan a
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus NCEA sertifikati talab qilinadi. Odatda bu Yangi Zelandiya universitetlariga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan talabalar uchun majburiy. Imtihon 3-4 ta fanni oʻz ichiga oladi. Qoidaga koʻra imtihon uchun kredit yigʻish kerak. Yerlik aholi uchun bu kreditni yigʻish maktabning 11-13-sinflarida oʻqish davomida toʻplanadi. Chet elliklar esa imtihonni tegishli tashkilot orqali topshirishlari mumkin.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Nomzodlar:

  • hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari;
  • sport, madaniyt kabilardagi liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi;
  • ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!