×

Yangi Zelandiya: Bakalavriat kurslari uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

3561 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Waikato universitetining bakalavr kurslarida o’qish uchun Sir Edmund Hillary grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant Waikato universitetining granti bo’lib, talabaning o’qish jarayonida uning san’at, sport va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Grantning maqsadi qobiliyatli va yetakchilik sifatlariga ega, shuningdek san’at va sport bo’yicha faol talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga yiliga 10000 AQSh dollarigacha bo’lgan mablag’ to’lanadi. Bu grant talabaning yillik kontrakti va o’qishga aloqador xarajatlarini qoplashga yetadi. Grant talaba o’qishni bitirgunicha to’lab beriladi. Biroq talabaning grantni keyingi yillarda ham davom etishi uchun talabalaning o’zlashtirish darajasi yaxshi bo’lishi kerak. Agar o’zlashtirish talab etilgan darajada yaxshi bo’lmasa, keyingi yilgi grant miqdri biroz kamayishi mumkin. O’zlashtirish darajasi va grant miqdori qanchagacha kamayishi haqidagi ma’lumot bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Talablar:

Grantga hujjat topshirayotgan barcha nomzodlar quyidag talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod kolej, litsey yoki maktab (high school darajasidagi) bitiruvchisi yoki maktab, kolej yoki litseyni tamomlagach hali o’qishga kirmagan bo’lishi kerak.
  2. Grant dasturi Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarolari, doimiy rezidentlari va xalqaro nomzodlar uchun ochiq.
  3. Nomzod sport yoki san’at sohasida yutuqlarga erishgan bo’lishi, o’zida kelgusida yana muvaffaqqiyatga erisha olishini ifodalashi va yuksak yetakchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. CV ko’pi bilan 2 A4 saifadan iborat bo’lishi va unda nomzod erishgan yutuqlar, unvonlar va hkz. ham ko’rsatilishi zarur.
  2. Shaxsiy bayonot (personal statement). Shaxsiy bayonotda nomzodning san’at va/yoki sportda erishgan yutuqlari, kelajakda yana muvaffaqqiyatli harakat qilish haqidagi rejalari, yetakchi bo’lishga tayyorligi va yaxshi o’qishga harakat qilishi haqida yozilishi kerak.
  3. Tavsiyanoma san’at yoki sport vakilidan olinishi zarur. Tavsiya beruvchi bu xatda nomzodning qobilyatlari va uning imkoniyatlarini yoritib berishi zarur.
  4. To’ldirilgan “Principal’s assessment form”.
  5. San’at maktabiga hujjat topshirotgan nomzodlar qobiliyat va imkoniyatlarini ko’rsatib beradigan material ham taqdim etishlari kerak bo’ladi. Bu qisqa video yoki boshqa usul orqali arizaga qo’shib berishlari kerak. Bunda Google Drive, Dropbox yoki YouTube xizmatlaridan foydalanish mumkin.
  6. Hali o’qishga kirmagan, lekin kolej yoki litseyni bitirib biror yil vaqt o’tkazgan nomzodlar shu vaqt ichida nimalarga erishganliklarini ham ko’rsatib o’tishlari kerak.
  7. Grant olgan talaba grantni kelasi yillarda ham olish uchun a’lo baholarga o’qishi kerak. Barcha tafsilotlar bu yerda.

Barcha hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi. Grant uchun onlayn ariza to’ldirish uchun avval University of Waikato’dagi bakalavriat kurslaridan biriga o’qishga qabul qilinish shart. University of Waikatoda o’qishga ariza uchun bu yerga bosing.

Ma’lumot uchun: tel: +64 7 858 5096
Email: scholarships@waikato.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!