×

Yangi Zelandiya: Bakalavriat kurslari uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1083 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Waikato universitetining bakalavr kurslarida oʻqish uchun Sir Edmund Hillary dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant talabaning oʻqish jarayonida san’at, sport va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Grantning maqsadi qobiliyatli va yetakchilik sifatlariga ega, shuningdek san’at va sport boʻyicha faol talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. 2019-yilgi kontrakt toʻlovi 24 425 – 31 795 NZD (taxminan 15 705- 20 444 USD). Toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan talabaga yiliga 10 000 NZD (taxminan 6 430 USD)gacha boʻlgan mablagʻ toʻlanadi. Bu grant talabaning yillik kontraktini qisman qoplaydi. Grant talaba oʻqishni bitirgunicha toʻlab beriladi. Biroq talabaning grantni keyingi yillarda ham davom etishi uchun talabalaning oʻzlashtirish darajasi yaxshi boʻlishi kerak. Agar oʻzlashtirish talab etilgan darajada yaxshi boʻlmasa, keyingi yilgi grant miqdri biroz kamayishi mumkin.

Grant nomzodning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod kolej, litsey yoki maktab (high school darajasidagi) bitiruvchisi yoki maktab, kolej yoki litseyni tamomlagach hali oʻqishga kirmagan boʻlishi kerak.
  • Grant dasturi Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarolari, doimiy rezidentlari va xalqaro nomzodlar uchun ochiq.
  • Nomzod sport yoki san’at sohasida yutuqlarga erishgan boʻlishi, oʻzida kelgusida yana muvaffaqqiyatga erisha olishini ifodalashi va yuksak yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi shart.
  • Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Hujjatlarni 31-avgustgacha topshirish lozim.

Dasturga ariza berish quyidagicha amallga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
  3. How to apply sahifasida qanday tartibda hujjat topshirish kerakligini oʻqib chiqing.
  4. Apply sahifasida ariza toʻldiring.
  5. Shu yerda grantga ariza bering.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV koʻpi bilan 2 A4 saifadan iborat boʻlishi va unda nomzod erishgan yutuqlar, unvonlar va hkz. ham koʻrsatilishi zarur.
  2. Shaxsiy bayonot. Shaxsiy bayonotda nomzodning san’at va/yoki sportda erishgan yutuqlari, kelajakda yana muvaffaqqiyatli harakat qilish haqidagi rejalari, yetakchi boʻlishga tayyorligi va yaxshi oʻqishga harakat qilishi haqida yozilishi kerak.
  3. Tavsiyanoma san’at yoki sport vakilidan olinishi zarur. Tavsiya beruvchi bu xatda nomzodning qobilyatlari va uning imkoniyatlarini yoritib berishi zarur.
  4. San’at maktabiga hujjat topshirotgan nomzodlar qobiliyat va imkoniyatlarini koʻrsatib beradigan material ham taqdim etishlari kerak boʻladi. Bu qisqa video yoki boshqa usul orqali arizaga qoʻshib berishlari kerak. Bunda Google Drive, Dropbox yoki YouTube xizmatlaridan foydalanish mumkin.
  5. Hali oʻqishga kirmagan, lekin kolej yoki litseyni bitirib biror yil vaqt oʻtkazgan nomzodlar shu vaqt ichida nimalarga erishganliklarini ham koʻrsatib oʻtishlari kerak.
  6. Grant olgan talaba grantni kelasi yillarda ham olish uchun a’lo baholarga oʻqishi kerak. Barcha tafsilotlar shu yerda.

Ma’lumot uchun:

Telefon: +64 7 858 5096

Email: scholarships@waikato.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!