×

Yangi Zelandiya: Bakalavriat va magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1120 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Waikato universitetining bakalavr kurslarida oʻqish uchun University of Waikato International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant talabaning oʻqish jarayonida san’at, sport va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Grant a’lochi, qobiliyatli va yetakchilik sifatlariga ega bakalavriat va magistratura talabalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash ucun tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. 2019-yilgi kontrakt toʻlovi magistratura uchun 29 370 – 45 145 NZD (taxminan 18 885- 29 028 USD, bakalavriat uchun 24 425 – 31 795 NZD (taxminan 15 705- 20 444 USD). Toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan talabaga yiliga 10 000 NZD (taxminan 6 430 USD) boʻlgan mablagʻ toʻlanadi. Bu grant talabaning yillik kontraktini qisman qoplaydi.

Grant nomzodning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan boshqa istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod kolej, litsey yoki maktab (high school darajasidagi) bitiruvchisi yoki bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan sohasida yutuqlarga erishgan boʻlishi, oʻzida kelgusida yana muvaffaqqiyatga erisha olishini ifodalashi va yuksak yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Hujjatlarni 31-avgustgacha topshirish lozim.

Dasturga ariza berish quyidagicha amallga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
  3. How to apply sahifasida qanday tartibda hujjat topshirish kerakligini oʻqib chiqing.
  4. Apply sahifasida ariza toʻldiring.
  5. Shu yerda grantga ariza bering.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diploma va diplom ilovasi.
  4. Personal statement.
  5. San’at yoki sport yoʻnalishlari uchun tavsiyanoma yoki portfolio soʻralishi mumkin.
  6. San’at maktabiga hujjat topshirotgan nomzodlar qobiliyat va imkoniyatlarini koʻrsatib beradigan material ham taqdim etishlari kerak boʻladi. Bu qisqa video yoki boshqa usul orqali arizaga qoʻshib berishlari kerak. Bunda Google Drive, Dropbox yoki YouTube xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Ma’lumot uchun:

Telefon: +64 7 858 5096

Email: scholarships@waikato.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!