×

Yangi Zelandiya: barcha bosqichlar uchun 4500 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

777 marta

Yangi Zelandiyaning Otago universiteti tomonidan COVID-19 vaziyatida talabalarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan COVID-19 Relief Scholarships for International Students grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar universitetning Oklend shahridagi kampusida o’qish uchun beriladi.

Otago Universiteti Oklend kampusida o’qitiladigan kurslar haqida

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o’qish uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida 2000-15000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 1288-9660 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi.

  1. Master of Applied Management magistratura kursi uchun – 7000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 4500 AQSh dollari).
  2. Barcha Postgraduate Diploma kurslari uchun 5000 Yangi Zelandiya dollari (3221 AQSh dollari).
  3. Graduate Diploma kurslari uchun 4000 Yangi Zelandiya dollari (2579 AQSh dollari).
  4. Bakalavr kurslari uchun 3 yil davomida har yili 5000 Yangi Zelandiya dollari (3221 AQSh dollari).
  5. Grantlar Otago universiteti Oklend kampusi (binosi) da o’qitiladigan sertifikat kurslari uchun ham beriladi.

Kontrakt to’lovlari haqida

Talablar:

Grantni yutish uchun nomzodlar 2020-yil 31-dekabrgacha hujjat topshirishlari kerak. Kurslarga qabul talablari bakalavr, magistratura va boshqa kurslardan kelib chiqib turlicha bo’ladi. Umumiy talablar:

  • Bakalavr kursiga qabul qilinish uchun 12 yillik ta’lim (shahodatnomasi)talab etiladi. Baholar yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Magistratura uchun bakalavr kursi diplomi talab etiladi. Diplom hujjat topshirilayotgan magistratura kursi yo’nalishiga mos bo’lishi va baholar yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • Doktorantura kurslari uchun magistratura diplomi hamda yaxshi yoki yuqori baholar talab qilinadi. Magistratura va doktorantura yo’nalishlari bir-biriga yaqin bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 5.5 talab etiladi. Magistratura va doktorantura uchun ingliz tilini bilishning minimal darajasi yuqoriroq bo’lishi mumkin. Bu xususida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Bakalavr, magistratura yoki boshqa kurslarga ariza berilgach, grant uchun ham nomzodlikka qo’yilasiz. Agar kursga qabul qilinsangiz va ko’rsatkichlaringiz yuqori bo’lsa, sizga grant belgilanadi. Grantni yutib olish uchun istalgan kursga 2020-yil 31-dekabrgacha ariza topshiring. Otago universiteti Oklend kampusi rasmiy saytida barcha kurslar ro’yxati keltirilgan. Onlayn arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza topshirishda sizga bu sahifadagi ma’lumotlar yordam beradi.

Ma’lumot uchun Timothy Maunze’ga OPAIC.Marketing@op.ac.nz manzili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!