×

Yangi Zelandiya: Barcha bosqichlar uchun qisman grant va bepul turar joy; joy – 19 ta!


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1465 marta

Yangi Zelandiyaning Vellington shahrida joylashgan Victoria University of Wellington bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalardan 2020-yilgi Victoria Tongarewa Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi universitetning kunduzgi kurslarida oʻqiyotgan 10 nafargacha bakalavr va 9 nafargacha magistratura yoki doktorantura (postgraduate degree) talabalariga bir marta beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Kontrakt toʻlovi chet ellik talabaga 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 25 143 – 36 445 NZD (taxminan 16 131 – 23 382 USD). Kontrakt narxlari bilan: shu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant yutib olgan jami 19 nafar bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichi talabalariga kontraktdan 5 000 – 10 000 NZD (taxminan 3 208 – 6 415 USD) chegirma qilinadi.

Grant yutib olgan talabalarga universitetdan bepul turar joy ajratiladi. Buning uchun Talabalarni joylashtirish xizmatiga dedlayngacha ariza bilan murojaat qilish kerak.

Grant faqatgina bir yilga beriladi. Grant keyingi yilga uzaytirilmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Universitetning bakalavriat/magistratura/doktorantura kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod 12 yillik taʼlim hujjati (9 yillik maktab attestati va 3 yillik kollej/litsey diplomi) yoki bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod avval Yangi Zelandiyada oʻqimagan boʻlishi, yaʼni, oʻrta va oʻrta-maxsus, oliy maʼlumotni boshqa davlatda oʻqigan boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetning kunduzgi boʻlimiga kontrakt asosida oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod bu grant dasturi bilan bir vaqtda boshqa dasturga ham ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar bir yilda ikki marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda 2020-yilnin birinchi trimestri uchun ariza berilsh mumkin. Eng yaqin dedlayn – 2019-yil 30-noyabr.

Grantga hujjat topshirish uchun avval Viktoriya universitetining bakalavriat, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avval: shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerda qanday qilib ariza berish tartibi va kerakli hujjatlar bilan tanishing.
  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Entry requirements sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan.
  • Kurslar sahifasidan kerakli kursni toping.
  • Sahifaning oʻng tarafidagi Apply now yozuvini bosib, ariza bering.
  • Tanlangan sahifada jarayon ketma-ketligi, hujjatlar roʻyxati va ariza shakli chiqadi. Uni toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Grantga ariza berish. Ariza onlayn shaklda toʻldiriladi va soʻralgan hujjatlar bilan birga topshiriladi.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Arizani onlayn shaklda toʻldiriladi.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi.
  • Pasport nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kurs va bosqichga qarab ingliz tili darajasi farq qiladi. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilish kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi. Yoki roʻyxatda koʻrsatilgan TOEFL/Pearson Test of English/EPP sertifikatlaridan birining kamida IELTS 6,0 ga ekvivalent boʻlganini topshirish kerak.
  • Chet ellik talabalardan qoʻshimcha hujjatlar va sertifikatlar talab qilinadi. Masalan, tanlagan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin. Bu kabi savollar tugʻilganda kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil boʻyicha masʼul shaxsga bogʻlanib, aniqlash kerak boʻladi.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan yoki umumiy Applying boʻlimidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Nomzodlar aʼlo baholari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: scholarships-office@vuw.ac.nz; pg-research@vuw.ac.nz; summer-research@vuw.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!