×

Yangi Zelandiya: Barcha bosqichlarda tahsil olish uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1480 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury san’at sohasi boʻyicha oʻqishni istagan talabalardan Ethel Rose Overton Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universitetning School of Fine Arts, Art History yoki Art Theory maktablarida bakalavriat, magistratura va PhD kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant bir-uch yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga 1-3 yilgacha har yilga kontraktdan 3 000 – 10 000 NZD (taxminan 1 917 – 6 391 USD) chegirma qilinadi. Barcha ma’lumot: shu yerda.

Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod School of Fine Arts, Art History yoki Art Theory maktablarida bakalavriat, magistratura yoki PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod oʻqiyotgan kursida 1,0 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod kamida 120 kredit yigʻish kerak boʻlgan kurslardan birida oʻqiyotgan boʻlishi shart.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun avval universitetning School of Fine Arts, Art History yoki Art Theory maktablarida bakalavriat, magistratura yoki PhD kurslaridan birida oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Oʻqishga ariza berish 10-dekabrgacha, grantga esa hujjatlarni 2019-yil 1-noyabrga qadar topshirish lozim.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Avval shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Shu yerda chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Uni toʻldirng va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Arizani onlayn tarzda hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Tavsiyanoma.
  • Research proposal.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus NCEA sertifikati talab qilinishi mumkin. Odatda bu Yangi Zelandiya universitetlariga oʻqisha kirmoqchi boʻlgan talabalar uchun majburiy. Imtihon 3-4 ta fanni oʻz ichiga oladi. Qoidaga koʻra imtihon uchun kredit yigʻish kerak. Yerlik aholi uchun bu kreditni yigʻish maktabning 11-13-sinflarida oʻqish davomida toʻplanadi. Chet elliklar esa imtihonni tegishli tashkilot orqali topshirishlari mumkin.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Grantga ariza topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!