×

Yangi Zelandiya: Fan va texnika boʻyicha doktorantura uchun 15 314 AQSH dollar grant


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1705 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury 2020-yil uchun Keith Laugesen Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universitetidagi College of Science yoki College of Engineering PhD kurslariga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant uch yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga 3 yilgacha har yilga 24 500 NZD (taxminan 15 314 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod College of Science yoki College of Engineering PhD kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod tanlangan kurs talablariga va kredit tizimiga mos kelishi kerak.
  • Nomzod dedlayndan 2 oy avval oʻqishga ariza berishi lozim.
  • Nomzod tanlangan sohaga mos (aniq va tabiiy fanlar/muhandislik/texnika) bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning College of Science yoki College of Engineering PhD kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Grantga hujjatlarni 2020-yil 31-martga qadar topshirish lozim. Grant yutish uchun arizalarni 2 oy oldin topshirgan maqsadga muvofiq.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanligiga qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Avval shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Shu yerda chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Shu yerdan kirish talablarini tekshirib oling.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan barcha kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Uni toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Grantga arizaning hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring. Jarayonni boshlashdan oldin yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • CV/resume.
  • Letter of motivation.
  • Statement of purpose.
  • Letter of recommendation.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Nomzodlar hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi, tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi kabi mezonlar asosida saralanadi.

Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: enrol@canterbury.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!