×

Yangi Zelandiya: Magistratura uchun 9 414 AQSh dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1401 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Waikato universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun University of University of Waikato Research Masters Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant talabaning oʻqish jarayonida tadqiqotchilik imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Grant a’lochi, qobiliyatli va tadqiqotchilik sifatlariga ega magistratura talabalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash ucun tashkil etilgan

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. 2020-yilgi kontrakt toʻlovi magistratura uchun 25 160 – 36 770 NZD (taxminan 15 791 – 23 078 USD). Toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan talabaga quyidagi miqdorda boʻlgan mablagʻ kontraktdan chegirma qilinadi:

1 –darajali ma’ruza(120 ball yoki undan koʻp) uchun – 15 000 NZD (taxminan 9 414 USD).

2 –darajali ma’ruza(90 ball yoki undan koʻp) uchun 12 000 NZD (taxminan 7 531USD).

3 –darajali ma’ruza(90 ball yoki undan koʻp) uchun – 5 500 NZD (taxminan 3 452 USD).

Grant nomzodning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan sohasida yutuqlarga erishgan boʻlishi, oʻzida kelgusida yana muvaffaqqiyatga erisha olishini ifodalashi va yuksak yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetning magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Hujjatlarni 30-aprelgacha topshirish lozim.

Dasturga ariza berish quyidagicha amallga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
  3. How to apply sahifasida qanday tartibda hujjat topshirish kerakligini oʻqib chiqing.
  4. Apply sahifasida ariza toʻldiring.
  5. Shu yerda grantga ariza bering.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  4. Personal statement.
  5. San’at yoki sport yoʻnalishlari uchun tavsiyanoma yoki portfolio soʻralishi mumkin.
  6. San’at maktabiga hujjat topshirotgan nomzodlar qobiliyat va imkoniyatlarini koʻrsatib beradigan material ham taqdim etishlari kerak boʻladi. Bu qisqa video yoki boshqa usul orqali arizaga qoʻshib berishlari kerak. Bunda Google Drive, Dropbox yoki YouTube xizmatlaridan foydalanish mumkin.
  7. 90-120 ballga baholanishi mumkin boʻlgan tadqiqot loyihasi rejasi.

Ma’lumot uchun: scholarships@waikato.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!