×

Yangi Zelandiya: muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

966 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Canterbury College of Engineering bakalavr kurslari uchun ajratilgan UC College of Engineering International Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda muhandislik fakultetida o’qitiladigan bakalavr kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturi doirasida 35 nafar talabaga grant taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

University of Canterbury College of Engineering bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun, bir yil muddatga 15000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 9570 AQSh dollari) o’qish to’loviga chegirma sifatida to’lab beriladi. Bakalavr kurslarida o’qish uchun to’lov miqdorlari haqida bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.

Talablar:

Grantni yutib olish uchun nomzod University of Canterbury Muhandislik fakultetidagi istalgan bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lishi va qabul qilinishi kerak. Grant eng yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega talabalarga taqdim etiladi.

Bakalavr kursiga qabul uchun talablar:

  1. Nomzod bakalavr kursidan oldingi majburiy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan va baholari yaxshi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun IELTS testidan kamida 6.0 va TOEFL IBT testidan kamida 80 ball talab qilinadi. Batafsil
  3. Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan sohaga aloqador fanlardan yuqori baho olgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Grantni yutib olish uchun avvalga University of Canterbury College of Engineering bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kerak. Nomzod bakalavr kursiga qabul qilingan taqdirda, agar boshqa talabalar ichida yaxshi baholari va yutuqlari bilan ajralib tursa, 35 nafar talabalar safida unga ham grant ajratiladi.
    Bakalavr kurslariga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi. College of Engineering bakalavr kurslari ro’yxatini bu yerdan va bu yerdan topishingiz mumkin. Kerakli kurs tanlangach, hujjat topshirish jarayoni boshlanadi.
  1. Bakalavr kursiga hujjat topshirib bo’lgach, grant uchun arizalarni bu yerda topshiring. 2021-yilgi kurslar uchun ajratilgan grantga arizalar 2020-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi. Agar bu vaqtgacha hujjat topshirishga ulgurmasangiz, grantga qabulning keyingi mavsumida, 2020-yil 30-oktyabrgacha ariza bersangiz bo’ladi.

Ma’lumot uchun scholarships@canterbury.ac.nz elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!