×

Yangi Zelandiya: Muhandislik boʻyicha magistratura va PhD uchun 16 837 AQSH dollar grant!


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

73 kun

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

362 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury Mechanical Engineering boʻyicha magistraturada oʻqishni istagan talabalardan Ngau Boon Keat Postgraduate Scholarship in Mechanical Engineering dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti Mechancial Engineering (mashina muhandisligi) sohasi boʻyicha ME, MEngSt va PhD (magistratura va PhD) kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Dastur 2016-yilda Tan Sri Dr Ngau Boon Keat tomoidan tashkil etilgan. Grant bir-uch yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Muhandislik kurslarida oʻqish haqi bir yilga taxminan 42 000-44 000 NZD (taxminan 28 286- 29 759 USD).

Grant yutib olgan nomzodga 1-3 yilgacha har yilga 25 000 NZD (taxminan 16 837 USD) stipendiya beriladi.

Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod Mechancial Engineering (mashina muhandisligi) sohasi boʻyicha ME, MEngSt va PhD (magistratura va PhD) kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod oʻqiyotgan kursida 1,0 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod kamida 120 kredit yigʻish kerak boʻlgan kurslardan birida oʻqiyotgan boʻlishi shart.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning Mechancial Engineering (mashina muhandisligi) sohasi boʻyicha ME, MEngSt yoki PhD (magistratura va PhD) kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Oʻqishga ariza berish 10-dekabrgacha, grantga esa hujjatlarni 2019-yil 1-noyabrga qadar topshirish lozim.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Shu yerda chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzimizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Uni toʻldirng va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Arizaning hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus NCEA sertifikati talab qilinishi mumkin. Odatda bu Yangi Zelandiya universitetlariga oʻqisha kirmoqchi boʻlgan talabalar uchun majburiy. Imtihon 3-4 ta fanni oʻz ichiga oladi. Qoidaga koʻra imtihon uchun kredit yigʻish kerak. Yerlik aholi uchun bu kreditni yigʻish maktabning 11-13-sinflarida oʻqish davomida toʻplanadi. Chet elliklar esa imtihonni tegishli tashkilot orqali topshirishlari mumkin.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Grantga ariza topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari;
  • tadqiqotchilik salohiyati;
  • liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi;
  • tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi;
  • ijtimoiy faolligi.

Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.canterbury.ac.nz/get-started/scholarships/contact/contact/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!