Yangi Zelandiya poytaxida joylashgan Viktoriya universiteti (Victoria University of Wellington) PhD bosqichi yoki doktoranturada o’qishni xohlaganlarga mo’ljallangan grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur maqsadi – iqtidorli tadqiqotchilarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va tadqiqot olib borilishi uchun qulay shart-sharoit yaratish.
Hujjat topshirish muhlati: Hujjatlarni qabul qilish uchun 3 ta muhlat belgilangan:
1-qabul uchun oxirgi muhlat – 2019-yilning 1-marti.
2-qabul uchun oxirgi muhlat – 2019-yilning 1-iyuli.
3-qabul uchun oxirgi muhlat – 2019-yilning 1-noyabri.
Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: Dasturga yuqorida sanab o’tilgan har bir muhlat doirasida 35 nafardan nomzod (jami 105 nafar) qabul qilinadi.
O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan istalgan yo’nalishni tanlashi mumkin.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichi yoki doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Kontrakt puli to’liq qoplab beriladi.
- 23 ming 500 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 16 ming 300 AQSh dollari) miqdoridagi yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod Viktoriya universitetining PhD yoki doktorantura bosqichi dasturlaridan biriga to’liq stavkali o’qishga qabul qilinishi kerak.
- Nomzoda ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan minimum talablar: IELTS 6.5 va hech qaysi bo’lim 6 dan past bo’lmasligi kerak; TOEFL 575 with (preferably) a TWE of 5, or 237 on the computer-based test; or 90 on the Internet-based test with a minimum of 20 in writing.
- Nomzodning akademik o’zlashtirishi a’lo bo’lishi yoki nomzod tadqiqot olib borishdagi yuqori potensiali borligini namoyon qila olishi yoxud xalqaro va mahalliy jurnallarda sifatli nashrlari bo’lishi hamda tajribaga ega bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
PhD bosqichi yoki doktoranturaga onlayn tizim orqali hujjatlar topshiriladi. Bunda nomzodlar quyidagilarni topshirishi kerak bo’ladi:
- 2000 so’zli akademik ishidan namuna.
- Diplom va diplom ilovalari nusxasi.
- Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS yoki TOEFL).
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, boshqa tilda bo’lsa, ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanishi lozim.