×

Yangi Zelandiya: PhD talabalariga konferensiya xarajatlari uchun 3 264 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1533 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Otago 2019-2020 o‘quv yili uchun Elizabeth Jean Trotter Postgraduate Research Travelling Scholarship in Biomedical Sciences grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Otago School of Biomedical Sciences (BMS)ning Biomedical Sciences PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant biomeditsina boʻyicha izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga laboratoriya, konferensiyalarda qatnashish, safar xarajatlarini qoplab berish uchun ajratilishi rejalashtirilgan

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, laboratoriya va safar xarajatlarini qoplab berish uchun  5 000 NZD (taxminan 3264 USD)gacha pul ajratilishi rejalashtirilgan.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Otago School of Biomedical Sciences (BMS)ning Biomedical Sciences PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod biomeditsina sohasiga taalluqli bakalavr/magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Til bilish darajasini tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Otago School of Biomedical Sciences (BMS)ning Biomedical Sciences PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish muddati farq qilishi mumkin, aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan bilib oling. Grantga ariza berish dedlayni – 2019-yil 1-noyabrgacha.

Hujjatlarni topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grantga va oʻqishga nomzod shu yer orqali hujjat topshiradi.
  2. Jarayonni boshlashdan avval BMS rasmiy sahifasi orqali kerakli kursni tanlang.
  3. Hujjat topshirish uchun yoʻriqnoma bilan batafsil tanishing.
  4. Oʻqishga ariza bergandan soʻng grantga ariza shaklini toʻldirib, 2019-yil 1-noyabrgacha joʻnating. Grant talablari: shu yerda batafsil koʻrsatilgan.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Bakalavr/magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • CV/Rezyume.
  • Research proposal/Preliminary research outline.
  • Departmental support letter
  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Kirish talablari haqida toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: phd@otago.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!