×

Yangi Zelandiya: PhD uchun qisman grant; yillik 17 625 AQSh dollari stipendiya; joy – 200 tagacha!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1298 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Otago 2019-2020 o‘quv yili uchun University of Otago Doctoral Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Professional Doctorates (DClinDent, DMA, DBA, EDd)ga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Nomzodlarga 3 yil davomida yiliga 27 000 NZD (tahminan 17 625 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa chet ellik talabalar uchun mahalliy talaba to`laydigan hajmda kontrakt puli to`lab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod University of Otagoga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr/magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant University of Otago PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun yil davomida hujjat topshirish mumkin, shuning uchun dedlayn muddati yo`q. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Grantga va o`qishga nomzod shu yer orqali hujjat topshiradi. Jarayonni boshlashdan avval yo`riqnoma bilan batafsil tanishing.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Bakalavr/magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • CV/Rezyume.
  • Research proposal/Preliminary research outline.
  • Departmental support letter
  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Qo`shimcha hujjatlar so`ralishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Kirish talablari: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: phd@otago.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!