×

Yangi Zelandiya: magistratura uchun to’liq grant, oylik stipendiya va borish-kelish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

19.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

5752 marta

Yangi Zelandiyaning Okland shahrida joylashgan University of Auckland magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalardan Asian Development BankJapan Scholarship (ADB – JSP) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Yaponiya hukumati tomonidan 1988-yilda tashkil qilingan. Grantning maqsadi rivojlanayotgan davlatlardan kelgan talabalarni yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlashdir. Dastur iqtisodiyot, menejment, fan va texnika kabi yoʻnalishlarda oʻqiydigan talabalarga beriladi.

Dasturda qatnashishni xohlagan nomzodlar quyidagi kurslarga hujjat topshira oladilar:

  • Master of Public Health
  • Master of Science (Environmental Science)
  • Master of Arts (Development Studies)
  • Master of International Business
  • Masters programmes in Engineering.

Grant dasturida qatnashib, oʻqishni tamomlagan nomzodlar oʻz yurtining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi.
  • Oʻzbekistondan Yangi Zelandiyaga borib-kelishga aviachipta olib beriladi.
  • Yashash xarajatlari qoplanadi.
  • Ilmiy tadqiqot bilan shugʻullanadigan nomzodlarga dissertatsiya yozish va tajriba oʻtkazishga ketadigan xarajatlar uchun pul ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Osiyo Taraqqiyot bankiga aʼzo davlat fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston aʼzo).
  • Yuqorida koʻrsatilgan kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Bakalavr bosqichini tugandandan keyin kamida ikki yil ishlagan boʻlishi zarur.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzodning yoshi 35 gacha boʻlishi kerakAyrim rahbarlik kurslari uchun istisno qilib 45 yoshgacha nomzodni ham qabul qilinishi mumkin.
  • Talabgor sogʻlom boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻqish muddati tugagandan keyin oʻz yurtiga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod yuqorida sanab o’tilgan dasturlardan biriga hujjat topshirgan bo’lishitopshirishi kerak. Hozirda magistraturada 2019-yil 2-semestrda o’qishni boshash uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Hujjat topshirish jarayoni bilan SHU YERDA tanishing.

Kimlar hujjat topshira olmaydi:

  • Osiyo Taraqqiyot bankida rahbarlik va boshqa masʼul lavozimda ishlaydiganlar va ularning qarindoshlari ariza topshira olmaydilar.
  • Grant dasturi boʻyicha ishlaydigan xodimlar ariza bera olmaydi.
  • Rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatiga kirmagan davlatlar vakillari grant dasturida qatnasha olmaydi.
  • Magistratura kursini oʻqib tugatgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin emas.
  • Magistraturadan boshqa bosqichlar (bakalavriat, doktorantura, qisqa muddatli kurslar, masofadan oʻqish va hokazo)da oʻqiydiganlar arizabera olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 19-iyulga qadar qabul qilinadi.

Grantga hujjat topshirish uchun avval Okland universitetining yuqorida koʻrsatilgan kurslariga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin esa grantga ariza berasiz.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza toʻldirish jarayonida quyidagi amallar bajarilishi kerak:

  • Application for Admissionyozuvini bosing.
  • Yangi akkaunt ochasiz. Unda “Sign up for a new account” yozuvini bosasiz va parol tanlaysiz. Soʻrovingiz tasdiqlanishi uchun sizga xat keladi. Xatda “Confirm” soʻzini bosib, soʻrovni tasdiqlashingiz kerak. Keyingi sahifada shaxsiy maʼlumotlaringizni yozasiz.
  • Arizatoʻldirish. Arizada koʻrsatilgan hamma maydonlarni toʻldirish kerak. Shu jumladan: oʻqigan universitetlaringiz, baholaringiz va Okland universitetida oʻqishga qaysi kursni tanlaganingiz ham soʻraladi. Bunda tanlagan kursingizni koʻrsatish zarur.
  • Ariza oxirida deklaratsiya bilan tanishasiz va roziligingizni “I Agree” yozuvini bosish orqali bildirasiz. Undan keyin “Submit application” yozuvini bosib, arizani yakunlaysiz. Tanlagan kursingiz sahifasida hamma kerakli hujjatlar roʻyxati berilgan. Arizaga shu hujjatlarni ilova qilish kerak boʻladi.

Grantga ariza berish. Arizani hamma qismlarini toʻldirib, quyidagi hujjatlarni ilova qiling:

  • Diplom va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Ish joyingizdan daromad (oylik maosh) haqida maʼlumotnoma.
  • Oila aʼzolaringizning ish joyidan daromadi haqida maʼlumotnoma.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Nomzodlar aʼlo baholari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Nomzodlarni saralash 2019-yil 22-iyuldan 27-sentyabrgacha boʻlib oʻtadi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlarga noyabr oyigacha xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: admission@auckland.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!