×

Yapon tilida insholar tanlovi – sovrinli o’rinlar 62 ta!


Grant

MUHLAT

01.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2803 marta

Nihonwosiru sayti yapon tilida yoziladigan insholar tanlovini e’lon qildi. Tanlovda dunyoning istalgan davlatida yapon tilini o’rganayotganlar qatnashishi mumkin.

Nomzodlar quyidagi mavzuda insho yozishi kerak: 「日本」あるいは「日本人」に言いたいこと (Yaponiyaga yoki yapon xalqiga aytadiganlarim).

Nomzod yuqoridagi mavzu doirasida Yaponiyaga yoki yapon xalqiga oid muammo, tanqid, o’z xohishi, taklifi yoki shunga o’xshash boshqa narsalar haqida yozishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Yapon tilini o'rganayotgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

1-o’rin – Yaponiyadan boshqa davlatda yashayotgan va yapon tilini o’rganayotgan g’olib (1 nafar) diplom va 8 kunlik Yaponiyaga bepul sayohat bilan taqdirlanadi.

1-o’rin – Yaponiyada yashayotgan va yapon tilini o’rganayotgan g’olib (1 nafar) diplom va 200 ming yen (taxminan 1834 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

2-o’rin 10 nafar muallif 2-o’rin deb topiladi va ularning har biri diplom hamda 30 ming yen (taxminan 274 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

3-o’rin50 nafar muallif 3-o’rin deb topiladi hamda ular diplom va 10 ming yeb (taxminan 91 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Yapon tilini o’rganayotgan bo’lishi kerak.
  • Maktab, universitet o’quvchilar, mustaqil ravishda yoki o’quv markazida yapon tilini o’qiyotganlar, ishlayotgan va yapon tilini o’rganayotganar, uy bekalari qatnashishi mumkin.
  • Yapon tilini Yaponiyadan boshqa davlatda o’rganayotganlar ham, Yaponiyada o’rganayotganlar ham qatnashishi mumkin.
  • Insho yapon tilida yozilgan bo’lishi kerak.
  • Insho eng kami 500, eng ko’pi 1000 ta kanji (iyeroglaf) dan iborat bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar onlayn tarzda yuraumi@yahoo.co.jp elektron manziliga yuborilishi kerak. Inshoga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak;

  • Muallifi ism-familiyasi;
  • Yoshi;
  • Qaysi davlat fuqarosi ekanligi;
  • Jinsi;
  • O’qiyotgan maktabi/universiteti/o’quv markazi nomi yoki ishlayotgan tashkiloti nomi va lavozimi;
  • Muallif manzili (pochta manzili) hamda kontakt ma’lumotlari.

G’oliblar insholar qabuli tugaganidan keyin 1 oy ichida nihonwosiru saytida e’lon qilinadi. Batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!