×

Yaponiya: Bakalavr talabalari uchun bepul yozgi maktab; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

03.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3098 marta

Yaponiyaning Nagaoka University of Technology (NUT) oliygohi bakalavr boshqichida tahsil olayotgan xorijlik talabalarni Nagaoka Summer School for Young Engineers (NASSYE) yozgi maktabida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dastur bakalavrning 3-kursida oʻqiyotgan yoki 2021-yil 31-avgustdan oldin oliygohni bitiradigan talabalar uchun moʻljallangan. Dastur doirasida ishtirokchilar Nagaoka University of Technology laborotoriyalarida tadqiqotlar olib borish, madaniy almashinuv dasturlarida ishtirok etish, turli kompaniyalarga hamda shahar boʻylab sayohat qilish imkoniga ega bo’ladilar. Yozgi maktab 2020-yil 17-26 avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Dasturga jami 20 nafar talaba qabul qilinadi.

Yozgi maktabda olib boriladigan tadqiqot mavzulari shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktab ishtirokchilari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Yozgi maktabda bepul oʻqish.
  2. Bepul turar joy.
  3. 40 000 JPY (taxminan 362 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya.

Aviabilet, kundalik xarajatlar, shahar ichidagi transport hamda sugʻurta xarajatlarni ishtirokchining oʻzi qoplashi kerak. Batafsil ma’lumot

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod bakalavrning 3-kursida oʻqiyotgan yoki 2021-yil 31-avgustdan oldin oliygohni bitirishi rejalashtirilayotgan talaba boʻlishi kerak.
  • Nomzod kelajakda NUT`ning magistratura yoki PhD kurslarida oʻqishga qiziqish bildirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (kamida IELTS 5.0/TOEFL iBT 61).

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabga arizalar pochta yoki xalqaro kuryer hizmati orqali quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

Division of International Affairs

Nagaoka University of Technology

1603-1 Kamitomioka, Nagaoka,

Niigata 940-2188, Japan

Hujjatlar oliygohga 2020-yil 3-aprelgacha yetib borishi kerak. Kechikib kelgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (Application form).
  2. Nomzod oʻqiyotgan oliygohdan maʻlumotnoma (Enrollment Form).
  3. Reyting daftarchasidan koʻchirma.
  4. Nomzodning ilmiy rahbari/fakultet dekanidan tavsiyanoma.
  5. Til sertifikati (kamida IELTS 5.0/TOEFL iBT 61).

Barcha hujjatlar ingliz/yapon tilida boʻlishi zarur. Boshqa tildagi hujjatlar ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga topshirlishi lozim. Hujjatlar shu yerda berilgan namunalar boʻyicha toʻldirilishi kerak. Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

Natijalar eng qisqa muddatlarda eʻlon qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Fax: +81-258-47-9283

E-mail: nassye@jcom.nagaokaut.ac.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!