×

Yaponiya: Doktoranturada oʻqishni istaganlar uchun toʻliq grant; 1 096 AQSh dollar oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

10.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2083 marta

Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan United Nations University Institute for the Advanced Study of Sustainability (UNU-IAS) 2020-oʻquv yilida universitetning UNU-IAS PhD in Sustainability Science doktorantura kurslarida oʻqishni xohlagan tadqiqotchilar uchun Japan Foundation for UNU (JFUNU) dasuriga arizalar qabulini eʼlon qildi.

Grant dasturi universitetning Ustuvor rivojlanish sohasi boʻyicha tadqiqotlar olib borishni maqsad qilgan doktorantlar uchun moʻljallangan boʻlib, odatda 2 yil, koʻpi bilan 3 yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Tayanch doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

UNU-IAS tayanch doktorantura kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 10 000 AQSH dollari.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. 2-3 yil davomida oʻqish haqi toʻliq qoplab beriladi.
  2. 2-3 yil har oyda 120 000 yen (taxminan 1 096 USD) stipendiya ajratiladi.

Grant nomzodning tibbiy sugʻurta, oziq-ovqat, viza kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. OECD DAC list da rivojlanayotgan davlat sifatida koʻrsatilgan mamlakat fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar (Oʻzbekiston roʻyxatga kiradi).
  2. Grantga ariza berayotgan vaqtda ishchi vizasi bilan Yaponiyada yashayotgan nomzodning arizasi koʻrilmaydi.
  3. Universitetda ikkinchi oliy maʼlumot olishni istagan nomzodlar ishtirok eta olmaydilar.
  4. Magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi lozim (IELTS 7,0 yoki ekvivalent).
  6. Ustuvor rivojlanish sohasiga qiziqishi baland boʻlishi kerak.
  7. Global muammolarni tushunish va tadqiq qilishga tayyor boʻlishi zarur.
  8. Oʻqishni tamomlagandan soʻng UNU-IAS tadqiqot yoʻnalishlariga mos keladigan sohalardan birida kamida 2 yil ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 10-aprelga qadar qabul qilinadi. Arizaning yagona qabul qilingan shakli yoʻq, nomzodning grant olishga murojaati oʻqishga qabul uchun bergan onlayn-arizasi tarkibida koʻrsatiladi. Hujjat topshirishdan avval Stipendiya olish tartibi bilan tanishing: batafsil.

Hujjat tarkibi va topshirish quyidagicha amallga oshiriladi:

  1. Onlayn-ariza topshirish. Avvalo yoʻriqnovani diqqat bilan oʻqib chiqing. Keyin ariza bering. Ariza berish: shu yerda amalga oshiriladi.
  2. Jarayonni roʻyxatdan oʻtishdan boshlash kerak. Roʻyxatdan oʻtish: shu yerda. Ariza toʻldirish uchun namuna: shu yerda. Arizani toʻldirishda quyidagi 9ta boʻlim boʻyicha maʼlumotlar taqdim etilishi zarur:

1-sahifa. Umumiy maʼlumotlar.

2-sahifa. Shaxsiy maʼlumotlar.

3-sahifa. Oliy maʼlumotga egalik haqidagi maʼlumotlar (oʻzlashtirish koʻrsatkichi 3,5 yoki 4,0 ball; magistr diplomi nusxasi; baholar varagʻi (diplom ilova).

4-sahifa. Asosiy nashr ishlari haqida maʼlumot.

5-sahifa. Loyiha yoki tadqiqot ishiga oid maʼlumotlar. Tadqiqot maqsadi: batafsil.

5-sahifa. Taqdim etilayotgan tadqiqot ishi: batafsil.

6-sahifa. Professional daraja haqidagi maʼlumotlar.

7-sahifa. Til bilish darajasi (Ingliz tili sertifikati (TOEFL PBT 600, TOEFL IBT 100, IELTS 7,0).

8-sahifa. Havolalar.

9-10-sahifa. Stipendiya.

11-sahifa. Moliyaviy deklaratsiya.

12-sahifa. Salomatlik.

13-sahifa. Qoʻshimcha maʼlumotlar.

14-sahifa. Arizani joʻnatish.

Natijalar nomzodlarga dedlayndan 6-8 hafta oʻtgandan keyin eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling yoki savol-javoblarni oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!