Yaponiya davlat siyosiy tadqiqotlar instituti (GRIPS) va El–yurt umidi Jamgʻarmasi hamkorlikda 2020-2021-oʻquv yili uchun “Yosh liderlar” grant dasturi doirasida qabul e’lon qildi. Dastur siyosiy fanlar boʻyicha bakalavriatni tamomlagan va kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlgan hamda 40 yoshdan oshmagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant quyidagi ikki yoʻnalish boʻyicha magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi:
- Davlat boshqaruvi
 - Mahalliy boshqaruv.
 
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni istaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan 2 nafar (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 nafardan) nomzodning Yaponiyada oʻqish, yashash va bundan boshqa barcha xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod 40 yoshgacha boʻlishi kerak.
 - Nomzod siyosiy soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
 - Nomzod ingliz tilida erkin gaplashish va yozish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur.
 
Dasturga qabul jarayoni:
Dedlayn – 2-oktabr. Arizalarni TIV (Tashqi ishlar vazirligi)ga topshirish lozim.
Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab qay tartibda hujjat topshirish haqida yoʻriqnoma bilan batafsil tanishing.
 - Onlayn kirish shaklini toʻldiring.
 - Onlayn arizani toʻldiring.
 - Soʻralgan hujjatlarni topshiring.
 - Hujjatlar tarkibi ariza toldirish jarayonida ma’lum qilinadi.
 
Kerakli hujjatlar (taxminiy):
- Toʻldirilgan ariza.
 - Bakalavr diplomi va ilovasi.
 - Ingliz tili sertifikati.
 - Ish tajribasi haqida hujjat.
 - Cv/resume.
 - Motivatsion xat yoki esse soʻralishi mumkin.
 
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlarni toʻliq: shu yerdan va shu yerdan olasiz.
Ma’lumot uchun: Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qiling.


            

