×

Yaponiya: Magistratura uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

02.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3104 marta

Yaponiya davlat siyosiy tadqiqotlar instituti (GRIPS) va Elyurt umidi Jamgʻarmasi hamkorlikda 2020-2021-oʻquv yili uchun Yosh liderlargrant dasturi doirasida qabul e’lon qildi. Dastur siyosiy fanlar boʻyicha bakalavriatni tamomlagan va kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlgan hamda 40 yoshdan oshmagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant quyidagi ikki yoʻnalish boʻyicha magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi:

  • Davlat boshqaruvi
  • Mahalliy boshqaruv.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan 2 nafar (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 nafardan) nomzodning Yaponiyada oʻqish, yashash va bundan boshqa barcha xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod 40 yoshgacha boʻlishi kerak.
  2. Nomzod siyosiy soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilida erkin gaplashish va yozish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dedlayn – 2-oktabr. Arizalarni TIV (Tashqi ishlar vazirligi)ga topshirish lozim.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab qay tartibda hujjat topshirish haqida yoʻriqnoma bilan batafsil tanishing.
  2. Onlayn kirish shaklini toʻldiring.
  3. Onlayn arizani toʻldiring.
  4. Soʻralgan hujjatlarni topshiring.
  5. Hujjatlar tarkibi ariza toldirish jarayonida ma’lum qilinadi.

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi.
  • Ingliz tili sertifikati.
  • Ish tajribasi haqida hujjat.
  • Cv/resume.
  • Motivatsion xat yoki esse soʻralishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlarni toʻliq: shu yerdan va shu yerdan olasiz.

Ma’lumot uchun: Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!