×

Yaponiya: Magistratura uchun toʻliq grantlar; oylik stipendiya – 1 186 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4303 marta

Yaponiyaning Tokiyo shahrida joylashgan United Nations University Institute for the Advanced Study of Sustainability (UNU-IAS) oliygohi MSc in Sustainability yoʻnalishi boʻyicha 2020-yilda boshlanadigan magistratura kurslariga hujjat topshirgan/qabul qilingan talabalar uchun bir qator grant dasturlarini taklif etmoqda:

  • Scholarship provided through Japan Foundation for United Nations University (JFUNU scholarship
  • Scholarship provided by Asian Development Bank (ADB scholarship)
  • UNU Rector’s scholarship
  • Resona Bank Scholarship

Grantlar rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatiga kiruvchi mamlakatlar (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) fuqarolariga beriladi. Grantga ariza berish uchun nomzod arizasida moddiy yordamga muhtojligini koʻrsatib bera olishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga butun magistratura kursi (24 oy) davomida quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Scholarship provided through Japan Foundation for United Nations University (JFUNU scholarship): gʻolib oʻqish toʻlovidan 100 foiz ozod etiladi, 24 oy davomida oylik oylik 120 000 JPY (taxminan 1 095 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Safar, viza va sugʻurta xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
  2. Scholarship provided by Asian Development Bank (ADB scholarship): gʻolibning oʻqish toʻlovi grant beruvchi tomonidan 100 foiz toʻlab beriladi, 24 oy davomida oylik oylik 147 000 JPY (taxminan 1 341 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Safar, turar joy, viza va tibbiy sugʻurta xarajatlari, kitoblar hamda oʻquv jihozlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  3. UNU Rector’s scholarship: gʻolib oʻqish toʻlovidan 100 foiz ozod etiladi, 24 oy davomida oylik oylik 130 000 JPY (taxminan 1 186 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Resona Bank Scholarship: gʻolibning oʻqish toʻlovi grant beruvchi tomonidan 100 foiz toʻlab beriladi, 24 oy davomida oylik 130 000 JPY (taxminan 1 186 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi. Toʻliq maʼlumot bu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak (grant uchun):

  1. Nomzod rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Grantga ariza berish uchun nomzod arizasida moddiy yordamga muhtojligini koʻrsatib bera olishi kerak.
  3. Ayni paytda Yaponiyada ishlayotgan (mehnat vizasi bilan) fuqarolar ariza bera olmaydilar.
  4. UNU-IAS oliygohida ikkinchi magistrlik darajasini olmoqchi boʻlgan (bundan oldin magistrlik darajasiga ega boʻlgan) nomzodlarga grant ajratilamaydi.
  5. Nomzod bakalavr bosqichini aʻlo baholar bilan tugatgan boʻlishi kerak.
  6. Tanlagan sohasi boʻyicha kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega boʻlishi kerak (ADB-JSP Scholarship uchun).
  7. Nomzod 35 yoshdan katta boʻlmasligi kerak (ADB-JSP Scholarship uchun).
  8. Nomzod sogʻlom boʻlishi kerak.
  9. Nomzod oʻqishini tamomlab vataniga qaytishi va uning rivojifa hissa qoʻshishi kerak (ADB Scholarship uchun).
  10. Oldin xorij mamlakatlarida tahsil olmagan boʻlishi kerak (ADB Scholarship uchun).
  11. Nomzod UNU-IAS oliygohi MSc in Sustainability yoʻnalishi qabul talablariga javob berishi kerak.
  12. Nomzod ingliz yaxshi bilishi kerak. Toʻliq maʼlumot bu yerda.

Nomzodga talablar (oliygohga qabul uchun):

  1. Nomzod sustainability studies yoʻnalishiga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
  2. Nomzod global muammolarni o’rganish va tushunishga boʻlgan qiziqishini koʻrsatib bera olishi kerak.
  3. Nomzod sustainability studies yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichini tugatgan boʻlishi kerak (2020-yil sentabrgacha bakalavr kursini tugatadigan nomzodlar ham ariza berishlari mumkin).
  4. Nomzodning bakalavr bosqichidagi baholari kamida 5/4.0 ball boʻlishi kerak.
  5. Nomzod IELTS 7.0/TOEFL iBT 100/TOEFL PBT 600 ballga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oliygohga onlayn ariza va quyidagi hujjatlar 2020-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi. Buning uchun onlayn portalga kirib ariza toʻldiriladi va talab etilgan hujjatlar kerakli oʻrinlarga yuklanadi. Ariza namunasi bilan bu yerda tanishing.

Eslatma: ariza topshirish jarayonini boshlashingizdan oldin barcha hujjatlarning PDF formatidagi elektron nusxasini tayyorlab oling.

Kerakli hujjatlar (oliygoh uchun):

  1. Onlayn ariza.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  3. Rasm.
  4. 3 ta esse.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Bakalavr diplomi.
  7. Baholar/diplom ilovasi.
  8. Til sertifikati (IELTS/TOEFL).
  9. Talabalik guvoxnomasi va taxminiy bitirish muddati haqidagi xat (bakalavr bosqichini bitirmagan talabalar uchun).

Hujjat topshirish jarayoni (grantga):

Grant dasturiga alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Buning uchun nomzod oliygohga topshiriladigan arizasining 6-boʻlimida grant dasturida qatnashmoqchi ekanligini belgilashi va 7-boʻlimda moliyaviy ahvolini (moddiy yordamga muhtojligini) koʻrsatishi kerak.

Baʻzi grant dasturlari uchun qoʻshimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Batafsil

Natijalar qabul tugaganidan soʻng 6-8 hafta ichida e-mail orqali eʼlon qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +81 3 5467 1212
Fax: +81 3 3499 2828

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!